Breaking News

Xitoy va Saudiya Arabistoni 30 dan ziyod bitimlar imzoladi


Xitoy, ikkinchi eng yirik iqtisodiyotga ega davlat rahbari Si Zinpinning Riyodga tashrifi Saudiya Arabistoni va AQSh o’rtasida aloqalar sovuqlashgan bir paytda amalga oshmoqda. Vashingtonning huquq borasidagi tanqidlari ketidan Saudiya AQShdagi saylov oldidan neft ta’minotini kamaytirgan edi.

Oq uy bayonotiga ko’ra, Xitoy o’z ta’sirini kengaytirishga urinayotgani ayon, ammo bu AQShning Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini o’zgartirmaydi.

Xitoy Fors ko’rfazidagi neft ishlab chiqaruvchilarining asosiy savdo sherigidir. Arab davlatlari iqtisodiy diversifikatsiyani ko’zlar ekan, loyihalarda Xitoy sarmoyasi va ishtiroki oshayotganini Vashington xavotir bilan kuzatmoqda.

Saudiya matbuotiga ko’ra, Riyodda tomonlar yashil energiya, axborot texnologiyalari, transport, qurilish va boshqa sohalarda hamkorlikka oid 34 ta investitsion shartnomalar imzolagan.

Ekspertlar deydiki, Vashingtonning Yaqin Sharqqa e’tibori pasayishi va xavfsizlik kafolatlari sekin-asta yemirilishidan Saudiyaning hafsalasi pir. Xitoy bilan hamkorlik inson huquqlari kabi mavzular va tanqidlardan xoli ekani Riyodga ma’qul. Saudiya Arabistoni Pekinning Shinjon-Uyg’ur mintaqasidagi siyosatini quvvatlab keladi.

Saudiya rasmiylarining aytishicha, Si Zinpinning uch kunlik tashrifi chog’ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari ham kun tartibida. Riyod harbiy texnikani asosan AQShdan xarid qiladi, ammo qirollik qurol-yarog’ savdosiga qo’yilgan cheklovlardan norozi.

Saudiya Arabistoni ham Xitoy, ham Rossiya bilan, o’zining iqtisodiy va xavfsizlik manfaatlariga xizmat qiluvchi hamkorlik aloqalarini kengaytirishda davom etishini bildirmoqda.

Xalqaro hayot – 8-dekabr, 2022
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:00 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG