Breaking News

"Sadoi Bonu" - Afg'onistonda bir amallab efirga chiqayotgan radio


Kobul ko'chalarida davlatdan yordam so'rab navbatda turgan onalar
Kobul ko'chalarida davlatdan yordam so'rab navbatda turgan onalar

Afg’oniston ayollari ommaviy sahnadan chetga surilyotgan bir paytda jasur ayol muxbirlar reporjatlarni yetkazish yo’lini qidirishga ahd qilgan.

Tolibon boshqaruvidagi Afg’onistonda “Sadoi Bonu” radiosi ayollar boshqaruvchi va ayollarga mo’ljallangan yagona stansiyadir.

Xotin-qizlar va mediaga nisbatan joriy etilgan cheklovlarga qaramay, ushbu radio uch viloyatda o’z faoliyatini davom ettirmoqda.

Ammo Tolibon hukumati va iqtisodiy bosimlar sabab ayrim dasturlar qisqartirilgan.

“Ilgari 24 soat efirga chiqar edik. Lekin moliyaviy muammolar va ayollarga tunda ishlashga ruxsat yo’qligi sababli yoyinlarimizni 12 soatga qisqartirdik. Ertalab oltidan kechqurun 6 gacha”, - deydi “Sadoi Bonui Balx” radiosidan Parvin Xovariy.

Bu sifatga ham ta’sir qilayapti, deydi u.

“Ko’ngilochar dasturlarimiz ko’proq edi, shinavandalar soni ham. Ayollarni stansiyamizga chaqira olmaymiz. Ayni holda dasturlarimiz ham kuzatilmoqda” deydi Parvin.

Afg'oniston: Ayollar radiosi o'chmoqchi emas
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Qoidalardan biri shuki, ayollar uyidan tashqariga chiqayotganda erkak mahramlari ularga hamrohlik qilishi kerak. Bu holat ba’zi jurnalistlar uchun qiyinchilik yaratmoqda, ayrim muxbirlar allaqachon muammoga yechim topishga ulgurgan.

“Har kuni mahramim bilan ishxonaga borib, dasturlarga mezbonlik qila olmas edim. Shuning uchun radioni uyga olib keldim. Dasturlarni shu yerdan olib borayapman. Oilam yordam berib turibdi”,- deydi “Sadoi Bonui Maymana” radiosidan Hadiya Ibrohimiy.

“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotiga ko’ra, bir paytlar ancha faol bo’lgan ommaviy axborot vositalari uchun sharoit o’zgargan. Viloyatlarning uchdan birida ayol jurnalistlar qolmagan.

Tolibondan oldin mamlakatda 2700 nafar ayol jurnalist faoliyat yuritar edi. Hozir esa 600 ga yaqini ishini davom ettirmoqda.

Ularning aytishicha, bugun jurnalistlarning vazifasi yanada muhim.

“Maktablar va ta’lim markazlari yopiq. Shunung uchun ta’limiy dasturlarni tayyorlab, efirga uzatamiz”,- deydi Hadiya Ibrohimiy.

Qizlarga 12 yoshdan keyin maktab va universitetlar eshigi yopiq ekan, bunday dasturlarni uzatish radio stansiyalar va auditoriya uchun alohida ahamiyat kasb etmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG