Breaking News

Yevropa Ittifoqi Rossiya pullarini Ukrainani qayta qurishga sarflamoqchi


Ukraina g’alabasi Rossiya iqtisodiyotini zaiflashtirishni ham taqozo etadi. Bu borada ham G’arb aralashuvi muhimdir. Urush boshlanganidan beri Yevropa Ittifoqi rus oligarxlariga tegishli kamida 24 milliard dollarni hamda Rossiya hukumatining xorijdagi aktivlarini muzlatib qo’yib, endi bu pullarni Ukrainani qayta qurishga sarflash uchun qonuniy yo’l izlamoqda.

Xalqaro hayot - 16-may, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:01 0:00

“Muzlatilgan pul miqdori oshib bormoqda”, - deydi Yevropa Komissiyasi so’zlovchisi Kristian Vigand.

Estoniya, masalan, buning uchun o’z qonunlariga tayanmoqda. Ammo Yevropa Ittifoqi sud qarorisiz bu ishga qo’l ura olmaydi. Ittifoqning amaldagi qonunlariga ko’ra, noqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritilib muzlatilgan pulnigina o’zlashtirish mumkin va buning uchun jinoiy hukm chiqarilishi kerak. Tashkilot mana shu qonunlarga o’zgartirish kiritishga harakat qilyapti.

“Yevropa Komissiyasi sanksiyalardan bo’yin tovlash uchun jinoiy javobgarlik belgilash taklifini bergan. Kelajakda kimdir sanksiyalarni aylanib o’tishga harakat qilsa yoki mablag’larini boshqa birovga, masalan, qarindoshiga o’tkazib qo’ysa, jinoyat sodir etilgan bo’ladi va mana shu mablag’larni musodara qilishga asos bo’ladi”, - deydi Vigand.

Qonunchilikni o’zgartirish tez jarayon emas. Buning uchun avval Yevropa Komissiyasi qonun loyihasini taqdim etishi, so’ng hujjatni Yevropa parlamenti va Yevropa Kengashi tasdiqlashi zarur. Natijada loyiha kuzga yaqin qonunga aylanishi mumkin.

Rossiya davlatiga tegishli pullarchi? Ayni paytda Rossiya Markaziy bankining “Katta Yettilik”ga a’zo mamlakatlar, Yevropa Ittifoqi va Avstraliya tomonidan muzlatilgan 300 milliard dollarining taxminan uchdan ikki qismi Yevropa Ittifoqi qo’lida.

Fevral oyida Shvetsiya bosh vaziri bu pullarni Ukrainani qayta qurishga sarflashni taklif etgan.

Bu mamlakat iyun oyigacha Yevropa Kengashida raislik qiladi. Biroq ayrim kuzatuvchilar bunday amaliyot xavfli pretsedent yaratishidan xavotirlanmoqda.

“Shunday bo’lsa, boshqa mamlakatlar ularning pullari ham o’zlashtirilishi mumkinligidan qo’rqib qoladi. Biroq yechim bor. Buning uchun Yevropa Ittifoqi hududida faoliyat yurituvchi maxsus tribunal tashkil etish kerak. Uning qarori har bir mamlakatga emas, faqat mana shu urushga taalluqli bo’ladi. Shunda hukumatlarda Rossiya pullarini musodara qilishiga imkon tug’iladi”, - deydi Ukrainaning “Diksi Grup” tahlil markazi rahbari Olena Pavlenko.

Maxsus tribunal qachon ish boshlashi aniq emas. Ungacha Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan davlat mulklarini Ukraina foydasiga sarflash yo’llari ustida o’ylanmoqda. Masalan, mana shu aktivlardan olingan foizlarni Ukrainaga yuborish taklifi ko’rilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG