Breaking News

Hindiston va Xitoy o’rtasidagi chegara bahslari to’rtinchi yil davom etmoqda


Himolaydagi chegaralari bo’ylab minglab askarlarini joylashtirgan Hindiston va Xitoy o’rtasidagi harbiy qarama-qarshilik to’rtinchi yilga kirdi. Harbiylar va vazirlar o’rtasidagi muzokaralar natija bergani yo’q.

Himolay tog’larini kesib o’tuvchi tunnelni Hindiston Arunachal-Pradesh shtatida qo’shinlar harakatini osonlashtirish uchun qurmoqda. Bu hududga Xitoy ham da’vogarlik qiladi.

Hindiston va Xitoy askarlari o’rtasidagi qonli to’qnashuvdan uch yil o’tib, Ladakx mintaqasida, har ikki davlat da’vorgarlik qiluvchi hududda keskinlik saqlanib qolmoqda.

Dekabr oyida ham ikki tomon qo’shinlari Arunachal-Pradesh chegarasida bir-biriga hujum qilgan edi. O’tgan oy Pekin Janubiy Tibet deb ataydigan shtatda 11 joy nomini xitoychaga o’zgartirdi.

Hindiston Pekinning bu qarorini tan olmasa-da, Xitoy o’z suvereniteti doirasida ish tutayotganini bildiradi.

Xavotir shuki, asosan buddistlardan iborat Ladakx mintaqasi yadroviy qurolga ega ikki davlat o’rtasida yangi qaynoq nuqtaga aylanmoqda.

“Xitoy Arunachal bo’yicha agressiv pozitsiyaga o’tar ekan, chegara masalalariga butunligicha nazar solib, Hindistonga qarshi bir necha bosim vositalarini qo’llashi mumkin”, - deydi siyosashunos Xarsh Pant.

Regionda yo’llar va tunnellar qurishdan tashqari, Hindiston chegara qishloqlarini rivojlantirish uchun 570 million dollarlik dastur boshlagan. Xitoy esa o’z chegarasi bo’ylab harbiy va fuqarolik infratuzilmasini kuchaytirmoqda, jumladan qishloqlar qurilishiga kirishgan.

Hindiston armiyasida brigada generali N.M. Bengideri mintaqadagi qo’shinlarga qo’mondonlik qiladi.

Xitoyliklar “Shiakong” deb ataydigan namunali qishloqlar haqida gap ketganda, ularning bir-ikkitasi bizning chegaramiz ro’parasida joylashgan. Chegaramizga yaqinligi va qurilish uslubi bizda xavotir uyg’otadi, chunki Xitoy armiyasi ulardan foydalanishi mumkin”, - deydi general.

Muzokaralardan biror natija yo’q. Hindiston va Xitoy mudofaa va tashqi ishlar vazirlari o’tgan oy mintaqaviy forum doirasida uchrashganida til topisha olmagan.

Dehliga ko’ra, chegara muammolari hal etilmaguncha aloqalar yaxshilanmaydi. Pekinning bildirishicha chegaralar umuman olganda barqaror va ikki tomon aloqalarni normallashtirishi kerak.

“Xitoy bir tomonlama ravishda chegaradagi status-kvoni o’zgartirib, keyin buni yangi norma deb da’vo qilmoqda. Hindiston buni qabul qiladi deb o’ylamayman. Shu bois harbiy va diplomatik muzokaralar davom etgani bilan kengroq munosabatlar boshi berk ko’chada. Oldinga qadam tashlashni Dehli Xitoydan kutyapti”, - deydi Pant.

Himolaydagi ziddiyatlar Hindistonni Qo’shma Shtatlarga yaqinlashtirmoqda. Kelasi oy Bosh vazir Narendra Modi strategik aloqalarni mustahkamlash uchun Vashingtonga tashrif buyuradi.

Xalqaro hayot – 17-may, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:43 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG