Breaking News

Chad-Sudan chegarasida qochqinlar 200 mingdan oshdi


Sudandan Chad Respublikasiga qochib o'tgan ayollar. Adre shahri, 15-avgust, 2023.
Sudandan Chad Respublikasiga qochib o'tgan ayollar. Adre shahri, 15-avgust, 2023.

Xagan Ali Zorgan Chad-Sudan chegarasidagi Adre shahrida yashaydi. Shahar Sudanning urush girdobidagi Darfur hududiga qo’shni.

So’nggi haftalarda 200 mingdan ziyod sudanlik qochqin o’z hayotini saqlab qolish ilinjida Chad hududiga qochib o’tgan.

Xalqaro hayot - 24-avgust, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:08 0:00

Faol Xagan Adre tevaragiga joylashgan qochqinlarga gumanitar yordam yetkazish ishlariga bosh.

“Insonparvarlik nuqtai nazaridan, odamlarni bunday og’ir ahvolda qoldira olmaymiz. Holdan toyganlar, betoblar bor. Bu yerga uzoq mashaqqatlar bilan yetib kelgan. Xalqimiz oziq-ovqat bermoqda, ko’ngilli oshpazlar ishlayapti. Qochqinlar ham o’z xalqimiz”, - deydi u.

Zorgan “TikTok”da maxsus kanal ochib, qochqinlar holatini yoritmoqda. Qochqinlar bilan intervyular va mahalliy aholi yordami aks etgan videolarni o’n minglab odam tomosha qilmoqda.

Qochqinlarni qabul qilgan shahar aholisi, qochqinlarning o’zlari ham gumanitar yordam jarayonlariga ko’maklashmoqda. Xorijiy mamlakatlardan ham yordam yuklari yetib kelmoqda.

Biroq bor bisotidan ayrilgan, sargardon qochqinlarning dardi arimagan. Salima ismli ayol yaqindagina Sudandan yetib kelgan. Qurollangan to’da bostirib kelib, uni uyidan quvib chiqarganini hikoya qiladi.

“Ular bu uy seniki emas, bizniki. Sudan ham bizniki, senda hech qanday haq yo’q, deb quvib chiqardi”, - deydi Salima.

Qochqinlar orasida ham malakaga ega shaxslar ko’ngilli xizmatni boshlab, jabrdiydalarga yordam bermoqda.

Muhammad Mustafo ikki oy avval Sudandan qochib kelgan shifokor. Lagerda tashkil etilgan tibbiy markazda qochqinlarni davolamoqda.

“O’zim qochqinlardan biriman, odamlar dardi menga yaxshi tanish. Ayollar va bolalarga alohida e’tibor qaratayapmiz. Kichik klinika, yengil tashxislar uchun laboratoriya, yengil operatsiyalar uchun xona va aptekamiz bor”, - deydi u.

Adre hokimi Kunal Ali Muhammad Sibihning ta’kidlashicha, shahar azaldan qochqinlarga panoh bo’lgan. Darfurda 2003-yil kechgan urushda ham qochqinlar kuniga yaragan.

“Ular 20 yildirki biz bilan yashaydi. Biz bilan teng huquqqa ega. Ta’lim va tibbiy xizmatlardan foydalanishmoqda”, - deydi rasmiy.

Sudanda urushning oxiridan darak yo’q. Adre shahriga qo’shni mamlakatdan yana minglab qochqinlar kelishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG