Breaking News

USAID rahbari O'zbekistonda, 14 million dollarlik sarmoya


23-okatbr, 2023: Prezident Mirziyoyev USAID rahbari bilan uchrashuvda Toshkent Vashington bilan serqirra hamkorlik istashini qayd etgan. AQSh hukumati buni olqishlaydi.
23-okatbr, 2023: Prezident Mirziyoyev USAID rahbari bilan uchrashuvda Toshkent Vashington bilan serqirra hamkorlik istashini qayd etgan. AQSh hukumati buni olqishlaydi.

O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 23-oktabr kuni Toshkentda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori Samanta Pauer bilan muloqot qildi.

Pauer Toshkentda Markaziy Osiyoning besh respublikasi va Amerika orasidagi C5+1 diplomatik formatida ham vazirlar darajasida uchrashuv o'tkazmoqda. O'tgan oy Nyu-Yorkda prezidentlar sammitida qayd etilgan masalalar muhokamada.

AQSh-Markaziy Osiyo: C5+1 qanday davom etadi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:42 0:00

Mirziyoyev USAID rahbari bilan sog‘liqni saqlash, ta’lim, muqobil energetika, agrobiznes va boshqa sohalarda hamkorlikni oshirish xususida gaplashgan.

USAID Toshkentda uzoq yilardan beri o'z vakolatxonasiga ega. AQSh elchixonasi qoshidagi bu idora o'tgan yillarda missiyani yangilab, yordam dasturlarini kengaytirgan.

USAID - Amerikaning dunyo bo'ylab no-harbiy ko'mak ko'rsatadigan eng yirik agentligi. O'zbekistonga beriladigan yordamning asosiy qismi shu organ zimmasida va nazoratida.

Har yili AQSh Kongressi Markaziy Osiyoda USAID dasturlari uchun o'nlab million dollar ajratadi.

USAID rahbari Samanta Pauer Toshkentda agentlikning xodimlari bilan, 23-oktabr, 2023
USAID rahbari Samanta Pauer Toshkentda agentlikning xodimlari bilan, 23-oktabr, 2023

Pauer bugun Toshkentda e'lon qilishicha, aynan O'zbekistonda USAID 14 million dollardan oshiq qo'shimcha mablag'ni sog'liqni saqlash, energetika, turizm va telekommunikatsiya sohalarini yaxshilashga, shuningdek, samarali boshqaruvni targ'ib qilishga sarflaydi.

Pauer deydiki, AQSh va O'zbekiston aloqalari serqirra, hamkorlik konstruktiv. Rasmiyga ko'ra, Amerika xalqi va hukumati respublika taraqqiyotida yaqindan yordamlashishni istaydi.

Mirziyoyev ma'muriyati Vashington tashabbuslarini olqishlab, barcha sohalarda birga ishlashga shay ekanini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG