Breaking News

“Turklar vaqti” keldimi?


Mart 16, 2023: O'zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotining Anqaradagi sammitiga borgan delegatsiyasi
Mart 16, 2023: O'zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotining Anqaradagi sammitiga borgan delegatsiyasi

3-noyabr kuni Ostonada Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari “Turklar vaqti” shiori ostida o´ninchi yubiley sammitga yig’ilmoqda. Raislik O’zbekistondan Qozog’istonga o’tadi.

Bugunga kelib dunyodagi turkiy tilli mustaqil davlatlarni deyarli barchasi tashkilotga qo’shildi, mintaqadan faqat Turkmaniston hamon kuzatuvchi maqomida qolyapti.

Aslida turkiy tilli mustaqil davlatlar ko’p emas, asosan Turkiya, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo davlatlari.

Ayni paytda o’z mustaqil davlatchiligiga ega bo‘lmagan turk o’lkalari ham ko’p, ular asosan Markaziy Osiyoning ikki qudratli qo’shnisi Rossiya va Xitoy tarkibida muxtor respublikalar maqomida qolyapti.

Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) xabar berishicha, “Turklar vaqti” shiori ostida o´tadigan bu galgi yubiley sammitda yetakchilar muhim masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishadi, mintaqadagi va dunyoda kechayotgan siyosiy jarayonlar yuzasidan fikr almashishadi.

Sammitda savdo, iqtisod, transport, bojxona sohasida tegishli qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Turkiy davlatlar tashkiloti mintaqa davlatlari qatnashayotgan navbatdagi tuzilma, Markaziy Osiyo liderlarini maslahatlashuv forumidan kengroq, Shanxay hamkorlik tashkilotidan kichik doiradagi bir format.

Bulardan tashqari mintaqani aksariyat davlatlari a’zo bo’lgan Rossiya yetakchiligidagi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi kabi harbiy tashkilot ham bor.

Turkiy davlatlar tashkiloti iqtisodiy, harbiy, jug’rofiy ko’rsatkichlar emas asosan qardoshlik aloqalari, til, madaniyat birligiga asoslangan. Muqaddam tashkilot turkiy tilli davlatlar ittifoqi maqomida edi.

Bu tashkilotga Mojariston - Vengriyaning kuzatuvchi sifatida qatnashib kelayotgani ham vengerlar o´zlarini turk tilli xalq sifatida bilishiga asoslangan.

Tashkilot turkiy tilli davlatlar ittifoqidan Turkiy davlatlari tashkilotiga aylanar ekan, uning maqsadlari ham kengaydi.

O’zbekiston raislik qilgan, Samrqand turk madaniyati poytaxti sifatida e’lon qilingan so’ngi yil TDT doirasida turizmni, savdo aloqalarini, transport yo’llarini rivojlantirish tashabbusida o’tdi.

Ostona sammiti Yaqin Sharqdagi, Ukrainadagi urush manzarasida dunyoda siyosiy taranglik keskin kuchaygan bir manzarada o’tmoqda.

TDT a’zolarini aksariyati Ukraina urushiga nisbatan betaraf pozitsiyada qolgan bo’lsa, Yaqin Sharq urush masalasida aksariyati Falastini qo`llab chiqishdi, ayniqsa Turkiya bu borada keskin pozitsiya egallagan, Erdag’on Isroilni harbiy jinoyatlarda ayblamoqda.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG