Breaking News

Nyu-York shahri muhojirlar oqimini cheklash choralarini ko'rmoqda


Nyu-York muhojirlar uchun yopilyaptimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00

Har oy 10 mingdan ortiq muhojir Nyu-York shahriga yo'l olar ekan, shahar ularni qanchalik qo'llab-quvvatlay olishi haqida xavotirlar oshmoqda.

Nyu-York shahrining Steyten-Aylend tumani aholisi shu hududda muhojirlar boshpanasini yaratish haqidagi taklif bekor qilinganini olqishlar bilan kutib oldi.

"Muhojirlarga ochiq bo'lgan odamlar ham endi bu bizga qimmatga tushayotganini anglamoqda", - deydi shahar merligi uchun nomzod Kurtis Silva.

100 000 dan ortiq muhojirni o’z bag’riga olgan Nyu-York meri Erik Adams bu shahar uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

“Nyu-York shahri inqirozni boshdan kechirmaypti, deyishga kimning haddi sig’adi? Bu masalaning qayg‘uli tomoni, azizlar. Oyiga 10 000 odam kelsa, oldinda yengillik ko'rinmaydi. Shahrimizni barbod qilayotgan bu inqirozni siyosiy jihatdan to'g'ri tasvirlash uchun lug’at titib, yangi so’z qidirmoqchi emasman”, - deydi u.

Siena kolleji yaqinda o'tkazgan so'rovga ko'ra, nyu-yorkliklarning kelayotgan muhojirlarga nisbatan fikri ham o'zgarib bormoqda.

“Demokratlarning 79 foizi, respublikachilarning kamida 79 foizi, mustaqillarning ham kamida shunchaki so'nggi muhojirlar oqimi jiddiy muammo ekanligini aytishdi. Migrantlar muammosi saylovchilarning prezidentga bo‘lgan munosabatiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda”, - deydi so’rov tashkilotchisi Stiven Grinberg.

Migratsiya siyosati instituti katta ilmiy xodimi Muzaffar Chishti ham buning 2024-yilgi saylovlarga ta'siri bo'lishi mumkin, deb hisoblaydi.

“Saylovga biroz ta’siri bo'ladi; bu qancha bolishini bilmaymiz. Chunki hali saylovgacha bir yildan ko’proq vaqt bor. Lekin o'ylaymanki, ta'sir qiladi", - deydi tahlilchi.

Adams yaqinda Nyu-York shahrining yangi kelganlar uchun jozibadorligini kamaytirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Biroq ko'plab muhojirlar uchun shahar iqtisodiyoti va mavjud imtiyozlar hanuz o’ziga jalb qilmoqda.

“Kimdir menga bu yerga kelishni tavsiya qildi, chunki shahar haqida tasavvurga egaman. Tibbiy sug’urta olishim, boshpanaga ega bo’lishim mumkin. Agar yangi immigrant bo'lsangiz, siz uchun yashashga eng yaxshi shahar bu Nyu-York”, - deydi muhojirlardan biri.

Nyu-Yorkliklarning hammasi yangi kelganlarga salbiy munosabatda emas. Manxettenliklar orasida ko’ngilli sifatida yordam berayotganlar ko’p.

“Nyu-Yorkliklar juda mehmondo'st va saxovatli. Ehtimol Nyu-York hukumati emasdir, lekin Nyu-Yorkning yuragi, ya’ni odamlari mehmondo'st, saxiy va mehribon bo’lib qolaveradi”, - deydi yordam tashkiloti rahbari Ilze Tielmen.

AQShning katta shaharlarida muhojirlar muammosining siyosiy oqibatlari bahs qilinar ekan, yangi kelganlar uzoq muddatda mahalliy va mamlakat miqyosida siyosiy manzaraga qanday ta’sir qilishi hali aniq emas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG