Breaking News

G'azoda gumanitar inqiroz avjida


BMT ishchilari G'azo janubidagi Rafah shahrida aholiga gumanitar yordam tarqatmoqda, 12-dekabr, 2023.
BMT ishchilari G'azo janubidagi Rafah shahrida aholiga gumanitar yordam tarqatmoqda, 12-dekabr, 2023.

G’azo sektori bo’ylab gumanitar inqiroz kuchaymoqda. Isroil havodan va quruqlikdan zarba berishda davom etar ekan, gumanitar yordam tashkilotlari sektor janubidagi operatsiyalarini to’xtatishga majbur bo’layotganini bildirmoqda. Yordam yuki esa ko’pchilikka yetib bormayapti.

“Yordam yuklarini kiritish va yetkazishga doir cheklovlar vaziyatni og’irtlashtirdi, G’azoda ocharchilik boshlandi. Oziq-ovqat, suv, elektr va yoqilg’i taqchilligi davom etmoqda. Odamlar bilan to’lib ketgan boshpanalarda kasallik tarqashi ehtimoli oshmoqda”, - deydi Norvegiya qochqinlar kengashi vakili Shaina Lou.

Xalqaro hayot – 13-dekabr, 2023-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:53 0:00

Tibbiyot xodimlari sog’liqni saqlash tizimi izdan chiqayotganini bildirmoqda. Sektorda, ayniqsa, bir millionga yaqin bolalar orasida yuqumli kasalliklar tarqashi mumkin.

“Bir hojatxonaga yuz bola navbatda. Bolalar yarasida qurtlar paydo bo’lgan, amputatsiya jarayonlari anesteziyasiz o’tmoqda. Qariyb bir million, ya’ni G’azoning barcha bolalari hujumlardan jon saqlash uchun boradigan xavfsiz joy qolmagan”, - deydi "Save the Children" Aleksandra Saye.

Isroil rasmiylari G’azoga gumanitar yuk kirishini ko’paytirish uchun yana bir termninal – Kerem Shalom chegara punktini ochganini bildirmoqda. Qurol-yaroq kirishini nazorat qilishga qaratilgan inspeksiya tezlashtirilganini iddao qilmoqda.

“Chegara punktida xodimlar sonini oshirib, inspeksiyani tezlashtirdik. Kuniga 250 ta yuk mashinasini tekshiruvdan o’tkazishga qodirmiz. Muammo BMT ning G’azodagi agentliklari yukni qabul qilish, yetkazish va taqsimlashni uddalay olmayotganida”, - deydi Isroil hukumatining Hududlar bo'yicha dasturlari koordinatori Elad Goren.

G’azoda 18 mingdan ziyod odam halok bo’lgan. Qariyb 50 ming odam yaralangan, deydi sektorning Sogliqni saqlash vazirligi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish esa takror va takror o’t ochishni bas qilishga chaqirmoqda.

“Vaziyat keskinlashib, epidemik kasalliklar tarqashi, Misrga ommaviy qochish uchun bosim ortishi mumkin”, - deydi BMT rahbari.

Misr G’azo bilan chegaradagi devorni mustahkamlamoqda. Qohira Isroil va jahon hamjamiyatini ogohlantirib, birorta ham falastinlik qochqinni qabul qilmasligini bildirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG