Breaking News

NATO kengayishga tayyor - Shvetsiya va Ukraina harakatda


2023-yilning aprel oyida Finlyandiya NATOning 31-ao'zosi sifatida qabul qilindi
2023-yilning aprel oyida Finlyandiya NATOning 31-ao'zosi sifatida qabul qilindi

2023-yilda NATO Finlyandiyani o'zining 31-a'zosi sifatida qabul qilib, geografik jihatdan ancha kengaydi.

Shvetsiya ham kirishni xohlaydi, ammo Turkiya hozircha rozilik bermagan.

Ukraina kuchli darajada orzumand, blokning ham bunga ishtiyoqi yuqori, ammo qachon unga eshikni ochadi, noma'lum.

NATO 1949-yilda G'arbdagi 12 davlat tomonidan tashkil etilganida asosiy maqsad SSSRdan himoyalanish bo'lgan.

Finlyandiya va Shvetsiya NATOga kirishga 2022-yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin qaror qildi.

Blokka yangi davlat kirishi uchun NATOning har bir a'zosi izn o'z berishi kerak. Shvetsiyani Anqara terrorchilarga panoh berganlikda ayblaydi, xususan kurd separatistlariga.

Stokgolm terrorizmga toqat qilmasligini isbotlash uchun may oyida yangi qonun qabul qildi. Mamlakatda yashaydigan turk va kurd muhojirlar uni demokratik tamoyillarga zid deya qoraladi. Ular nazarida shved siyosiy tizimi NATOga intilib, Anqaradagi repressiv rahbariyat bilan murosa qilmoqda.

Shevtsiyani NATOga qabul qilish masalasi hozirda Turkiya parlamenti e'tiborida. Blok Bosh kotibi Yens Stoltenberg ratifikatsiya tez orada qilinishidan umidvor.

Turkiya Milliy Assambleyasida tashqi siyosat bo'yicha komissiya raisi Fuat Oktay deydiki, qonunchilar bu mavzuni izchil ko'rib chiqishi uchun vaqt kerak.

Stoltenberg o'z vazifasida yana bir yil qoladi. Ukrainada urush davom etar ekan, NATO rahbariyatda o'zgarish qilmoqchi emas.

NATO-Ukraina muzokaralari, Vilnyus, Litva, 12-iyul, 2023
NATO-Ukraina muzokaralari, Vilnyus, Litva, 12-iyul, 2023

NATO Ukrainani yaqindan qo'llab kelmoqda. A'zolar Kiyevga yordam harbiy va no-harbiy yordam ko'rsatmoqda.

Iyul oyida Litvada kechgan sammitda NATO Ukrainani qabul qilishga bel bog'laganini tasdiqlab, jarayonni uning uchun soddalashtirisishini bildirdi. Bu bilan Kiyevda qo'yiladigan siyosiy, iqtisodiy va harbiy talablar kamaytirildi.

"NATO liderlari qachon desa, Ukraina shunday kirishi mumkin", - deya tahlil qiladi Fabrise Potiyer, NATO sobiq rasmiysi.

NATO-Ukraina kengashi tuzilib, a'zolik masalalari bilan shug'ullanmoqda. Kiyev o'z xavfsizligini blok bilan bogl'aydi.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba deydiki, uning davlati NATOga tayyor.

“Biz allaqachon NATO qurolli kuchlarining bir qismiga aylana boshlaganmiz", - deydi Kuleba Ukraina tizimi blok quvvatlovida rivojlanayotganiga ishora qilib.

Potiyer nazarida Rossiya bilan hayot-mamot jangi olib borayotgan davlat rostan ham salohiyatli nomzod.

"Biroq NATO a'zolari uni qabul qilishning foydasi va zarari haqida puxta o'ylab olishi kerak. Hozirmi yoki kutish kerakmi? Shu xususda bosh qotirishmoqda".

Ukraina Yevropa Ittifoqiga ham kirish harakatida. NATOning ayrim a'zolariga ko'ra oldin urush tugashi kerak, aks holda Rossiya va blok orasida urush boshlanib ketishi mumkin.

“Biroq kutish Vladimir Putinga kuch va vaqt bermoqda", - deydi Portiyer.

“Real olib qarasak, to'g'ri payt qachon? Urushning mutlaq yakun topdi, deya xulosa qilish qiyin bo'ladi".

XS
SM
MD
LG