Breaking News

Isroilda arab-yahudiy ixtilofi uchiga chiqqan


Isroilda arablar ikki o't orasida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:31 0:00

Isroilda arablar ikki o't orasida

Ko'plab arablar nazarida yahudiylar bilan ziddiyatlar azaliy va XAMAS bilan urush tugagach ham davom etadi. Har ikki tomonga tinchlikparvar liderlar kerak.

Isroil hukmronligi ostida yashaydigan arablar ularning huquqlari poymol etilayotganidan shikoyat qilib keladi. XAMAS bilan urush avj olganidan beri va G'azo o'qqa tutilishda davom etarkan, yahudiy va arab aholi orasidagi kelishmovchilik yanayam kuchaygan.

Yahudiylar va arablar orasidagi ixtilof azaldan yuqori darajada. G'azodagi urush uni yanayam avj oldirgan.

Arab fuqarolar Isroil aholisining 20 foizini tashkil etadi. Ular bugungi balolarda har ikki tomonni ayblaydi - XAMAS va Isroilning ekstremistik siyosatini. Tel-Aviv va Quddusda o'tirgan yahudiy rahbarlar, deydi ular, tinchlik uchun aslo xizmat qilayotgani yo'q.

Barqarorlikni targ'ib qiluvchi tashkilotdan Muhammad Daravshiy deydiki, oxirgi oylarda jamiyat yanayam tarqoqlashdi.

"Yahudiy faollar arablar bilan ataylab urushishga harakat qilayotgandek. Odamlarni keraksiz bahs-munozaralarga tortishadi. U yoqda esa XAMAS arablarni zo'ravonlikka undamoqda. Isroilning vazirlari undan battar", - deya noliydi Daravshiy.

G'azo sektori, 16-yanvar, 2024
G'azo sektori, 16-yanvar, 2024

2021-yilning mayida Isroilda arab-yahudiy mojarolari qonli tus olib, oradagi tafovutni yaqqol aks ettirgan edi. Jamiyatda nafrat va toqatsizlik hissi yanayam sezila boshlagan.

Daravshiy kabi faollar G'azodagi qarindoshlaridan xavotirda. Buning ustiga esa aynan shu yaqinlik bois ularga Isroilda bosim oshmoqda. Falastinliklarning yonini olish, hamdardlik bildirish hozir xavfli, deydi u.

"Adolat" deb nomlangan nohukumat tashkilot kamida 120 holatni o'rganib, diskriminatsiya keng, deya bong urmoqda.

Arab yoshlarni ularning fikrlari uchun jazolash normaga aylangan, deydi Daravshiy, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar nazoratda.

"Urushga qarshimisiz, demak, terrorizm tarafdorisiz, degan qarash ustun. Og'zini ochgan, haqqoniy fikrini bildirgan har qanday arab yomonotliq qilinadi. Hibslar, haydashlar, yo ishdan yo o'qishdan. XAMASga qarshi gapirsangiz, siz vatanparvar falastinlik emassiz. Bu dashnom ham bor", - deydi Daravshiy.

Ko'plab arablar nazarida esa yahudiylar bilan ziddiyalar azaliy va XAMASga qarshi urush tugagandan keyin ham davom etadi. Har ikki tomonga tinchlikparvar liderlar kerak.
Ko'plab arablar nazarida esa yahudiylar bilan ziddiyalar azaliy va XAMASga qarshi urush tugagandan keyin ham davom etadi. Har ikki tomonga tinchlikparvar liderlar kerak.

Arab aholi ikki o't orasida, deya tan oladi Mansur Abbos, Isroil parlamenti Knesset a'zosi.

"XAMASning 7-oktabrdagi xurujini qoralash va yahudiylarga hamdardlik bildirish vijdonan qilinadigan ish bo'lishi kerak. Lekin G'azodagi qurbonlar, talofatlarga ham munosabat vijdonan bildirilishi lozim. Bu degani arablar bag'oyat ehtiyot bo'lib gapirishi, har bir so'zini to'g'ri tanlashi zarur. Har ikki tomonda xalq dardi bor va qo'rqinch", - deydi Abbos.

U kabi siyosatchilar hozirda tadbirlar o'tkazib, jamoatchilikni hamjihatlikka undamoqda.

Knessetning yana bir a'zosi Benni Gants bosh vazirlikka da'vogar. Ommaviy so'rovlarda oldinda. U arablar nega noroziligini tushunishini aytadi.

"Biz birdam bo'la olamiz. Birdamlikka intilaverishimiz kerak. Ekstremistlarga yo'l bermasligimiz shart", - deydi Gants.

Ko'plab arablar nazarida esa yahudiylar bilan ziddiyatlar azaliy va XAMASga qarshi urush tugagandan keyin ham tinmaydi. Har ikki tomonga tinchlikparvar liderlar kerak.

XS
SM
MD
LG