Breaking News

AQSh Yaqin Sharqda qayerda qancha qo'shinga ega?


Al-Udeyd havo bazasi, Doha, Qatar
Al-Udeyd havo bazasi, Doha, Qatar

AQSh Yaqin Sharqda qancha qo'shinga ega?

2011-yilda Afg'onistonda va 2007-yilda Iroqda urush avjiga chiqqan paytda Amerika Yaqin Sharqda eng ko'p qo'shinga ega bo'lgan. Afg'onistonda xizmat qilganlar va Yaqin Sharqdagi bazalardan foydalanganlar o'sha paytda 100 mingdan oshgan, Iroqdagilar esa 160 mingdan.

Hozirda AQShning mintaqadagi kuchlari soni 30 ming atrofida. Isroil-XAMAS urushi boshlanganidan beri sal ko'paygan.

Eng katta inshoot Qatarda, 1996-yilda qurilgan al-Udeyd havo bazasi.

Bahrayn, Quvayt, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida ham qo'shinlar bor.

Suriyada 900 ga yaqin askar xizmatda.

Iroq-Iordaniya chegarasida ham kichik bo'linma mavjud.

Iroqda AQShning 2500 askari xizmatda.

Sabab?

Davlatlar xohlamasa, Amerika biror mamlakatga harbiylarini kirita olmaydi.

Biroq, deya bildiradi Pentagon, eng asosiy maqsad - terror xavfining oldini olish, xususan Iroq va Suriyada, chunki ekstremist kuchlar hamon faol.

Eron quvvatlaydigan to'dalar AQShga hujum qilib turadi. Ayni damda ularga qarshi amaliyotlar ketmoqda.

Iordaniya, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklari uchun Amerika kuchlari barqarorlik kafolati.

AQShning o'zida biror xorijiy harbiy baza bormi?

Yo'q, ammo AQSh chetdan harbiylarni olib kelib, treninglardan o'tkazadi. Turli shtatlarda aynan shu maqsadlarda joriy etilgan inshootlar ishlaydi.

Iordaniyada yaqinda nima bo'ldi?

Iordaniyaning Suriya va Iroq bilan chegaradosh shimoli-sharqiy qismida 28-yanvar kuni dron xurujidda uch amerikalik o'ldirildi.

Vashington unda Eron homiyligidagi Kataib Hizbulloh guruhini ayblagan. To'da Iroqda asoslangan.

Jangarilar al-Tanf garnizonini nishonga olgan. Bu garnizondan turib, Amerika "Islomiy davlat" va boshqa terrorchilarga qarshi kurashadi.

AQSh bazalari qanchalik xavfsiz?

Bazalar qattiq himoya qilinadi, havodan va dronlar orqali. Qatar, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va Quvaytdagi inshootlar xavfsiz sanaladi.

Biroq Iroq va Suriyada oxirgi paytda tahdid darajasi yuqori.

O'tgan to'rt oyda oyda 100 dan ortiq marta hujum qilingan.

Bu hamlalar AQSh Isroilni quvvatlashi va Isroil XAMAS bilan urushda G'azoni o'qqa tutayotgani bilan bog'liq.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG