Breaking News

Ayol jurnalistlar ortga qaytmaydi


Somalida ayol jurnalistlar har kuni kasbi va hayoti uchun kurashda
Somalida ayol jurnalistlar har kuni kasbi va hayoti uchun kurashda

Global maydonda media har safar nishonga olinganida eng og'ir yuk ayol muxbirlar va muaharrirlar zimmasiga tushadi. Biroq ularni qo'rqitish va ezishga urinish samara bermaydi.

Bu yil AQShning "Jasoratli ayol" xalqaro mukofotini olgan mutaxassislar va faollar orasida Ugandada tanilgan jurnalist Agater Atuheyer ham bor. U - vatanida adolat va shaffoflik kuychisi, o'zgarishlarga turtki berayotgan insonlardan biri.

Lekin hayoti har kuni tahdid ostida.

“Boshida e'tibor bermas edim. O'zimni himoya qilishim kerakligi xayolimga ham kelmas edi. Biroq oxirgi uch yilda bunga majbur bo'ldim. Ishim yuzasidan har kuni yangi dushman orttiraman", - deydi Atuheyer.

Jurnalist hech kimga bosh egmoqchi emas.

"Qo'rqinchga berilsangiz, unga bir umr taslim bo'lasiz. Og'ir sharoitdan chiqa olmaysiz. Sizni o'ldirishlari mumkin, to'g'ri, lekin har kuningizni kimdandir qo'rqib yashaysizmi? Odamlarga kuch berish ma'qul emasmi?"

Ayol jurnalistlar - liderlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Axborot vositalari tintuv qilinganida, bosim bilan yuzlashganida u yerdagi xotin-qizlar asosiy e'tiborda.

"Har safar shunga guvohmiz", - deydi Eliza Munoz, media tadqiqotchi.

"Erkaklar ham eziladi, ammo ayollar ko'proq aziyat chekadi, chunki ularni ayblash osonroq, ayniqsa dezinformatsiya va uydirmalarda".

Afg'oniston kabi mamlakatlarda xotin-qizlarning ovozi allaqachon o'chirilgan. Tolibon mediada ayollarga toqat qilmayapti, qolaversa har bir jabhadan ularni chetlashtirmoqda.

“Ayollarga Afg'onistonda na media va na boshqa sohada imkoniyat berilmoqda. Shunga qaramay jasur xotin-qizlar hamon yo'lini qidirmoqda. Qayerda bo'lmasin, xalq dardini olib chiqmoqda", - deydi Munoz.

Eplaganlar, tabiiyki, yetakchilar.

Amerikalik fotojurnalist Korin Dafka uchun tasvirlar eng kuchli axborot manbalari, hissiyotlarni yetkazuvchi vositalar.

"Fotolar odamlarni o'ylantiradi, ularga ma'nan ta'sir qiladi", - deydi Dafka.

U urush maydonlaridan informatsiya uzatadi, mojarolarni yoritadi. Ayol tasvirchilar hamon juda oz.

"Notinch hududlarga o'zi kam muxbir boradi. Beqarorlikni tahlil qilish, bunday muhitlardagi haqiqatni olib chiqish har doim eng mushkul vazifa. Men shu ishni eplashni maqsad qilganman. Tasvirchilik - hayotim", - deydi Dafka.

Mutaxassislarga ko'ra, ayol jurnalistlarni quvvatlashning eng ma'qul yo'li - ularning sonini ko'paytirish va bu muxbir va muharrirlar, prodyuser va tasvirchilarga zarur yordamni o'z vaqtida yetkazish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG