Breaking News

Bayden va Tramp bir-birini iqtisodiyotni eplay olmaslikda ayblamoqda


Tramp yoki Bayden: iqtisodiyotni kim yaxshiroq boshqaradi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:50 0:00

AQSh prezidentlik saylovida iqtisodiyot mavzusi markaziy o’rin tutadi, chunki savdo va iqtisodiy siyosatni belgilash va shakllantirishda prezident asosiy rol o'ynaydi. Prezidentlikka da’vogar ikki nomzod bu sohada qanday siyosatni olg’a surmoqda?

Prezident Jo Bayden AQShning shimoli-sharqidagi shaharchada ishchilar mahallasida o’sib ulg’aygan. Bayden o'zining ijtimoiy kelib chiqishini sobiq prezident Donald Tramp hayoti bilan taqqosladi.

"U iqtisodiyotga Mar-a-Lagodagi koshonasidan qaraydi. U o’zining boy do'stlari bilan yig’ilib, 40 yildan beri mehnatkash oilalar og’irini yengil qila olmagan behuda siyosatini ishlab chiqqan. Skrantondagi mehnatkashlarni tanlaymizmi yoki Mar-a-Lagoni? Bular iqtisodiyotimizga oid farqli qarashlar va saylov kampaniyasining markazida turgan fundamental adolatga oid savollarni keltirib chiqaradi", - deydi Bayden.

Tramp Oq uyga kirib kelganda iqtisodiyot baquvvat, ishsizlik esa atigi uch yarim foiz edi.

“Hamma xursand edi. Hamma pul ishlayotgan edi", - deydi Tramp tarafdori Di Boisvert.

Keyin kovid boshlandi. Trump prezidentligining oxirgi yilida ishsizlik 14,7 foizga ko'tarildi. Hozir esa ishsizlik darajasi 3,8 foiz atrofida.

"Jo Bayden davrida biz eng yaxshi iqtisodiyotga va eng past ishsizlikka ega bo’ldik", - deydi Bayden tarafdori Xovard Vebster.

Ammo ko‘pchilik inflyatsiyadan xavotirda. U 2022-yildagi eng yuqori cho‘qqidan 3,5 foizga tushgan bo‘lsa-da, hozir balandligicha qolmoqda. Bunda Baydenni ayblayotganlar oz emas.

AQShda inflyatsiya va saylovchi kayfiyati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00

Tramp ham shular qatorida.

"Biz Amerika xalqiga nima bo'layotganini tushuntirishimiz kerak. Chegaraga, inflyatsiyaga va iqtisodiyotga qarang; bu dahshatli”, - deydi u.

“Reuters” o’tkazgan yangi so'rovga ko’ra, ko’plab amerikalik Tramp iqtisodiyotni hozirgi prezidentga qaraganda yaxshiroq boshqarishiga ishonadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG