Breaking News

Xitoy Ukraina urushida Rossiyaga yordam berayotganini rad etdi


Xitoyning Ukraina urushida Rossiyaga yordam berayotgani haqidagi da’volar bo’yicha G’arbning noroziligi ortib borayotgan bir paytda, AQSh Davlat kotibi Antoni Blinken Xitoyga 3 kunlik safar bilan bordi.

Blinken tashrifidan bir kun avval Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xitoyning mazkur mojarodagi o’rnini butunlay rad etib, betaraf pozitsiyada ekanligini aytdi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Xitoyga 3 kunlik tashrifi yakunida – 26-aprel kuni Xitoyning Rossiyaga ko‘rsatayotgan yordami va Ukraina urushidagi roli yuzasidan G‘arbning xavotirlariga to‘xtaldi.

“Men Xitoy jo’natayotgan qismlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi shafqatsiz bosqinini kuchaytirishidan jiddiy xavotirda ekanligimni yana bir bor ta’kidladim”, - dedi u.

“Xitoy oq’-dorilar va raketa yoqilg’isini ishlab chiqarishda asosiy o’rinda turadigan dastgohlar, mikroelektronika va nitroselyulozani yetkazib beruvchi yirik davlat hisoblanadi; bundan esa Moskva o’z mudofaa bazasini kuchaytirishda foydalanmoqda” – dedi u.

Blinkenning tashrifi oldidan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin 23-aprel kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida mavzuga izoh berib, shunday dedi:

“Ukrainaga nisbatan Xitoyning pozitsiyasi adolatli va xolis edi. Biz tinchlik va siyosiy yechim uchun muzokaralarni faol olib bordik. Hukumat qonunlar va me'yoriy hujjatlarga muvofiq ravishda ikki tomonlama maqsadli buyumlar eksportini nazorat qiladi. Xitoy Ukraina inqirozining yaratuvchisi ham, uning ishtirokchisi ham emas. Biz hech qachon alangani yoqmaymiz yoki xudbinlik bilan foyda olishga intilmaymiz. Va albatta, aybsiz aybdor bo'lishni ham xohlamaymiz", - dedi u.

“Qoshma Shtatlar o’zi Ukrainaga yordam berish uchun turli qonun loyihalarini qabul qilib turgan bir paytda, Xitoy va Rossiya oʻrtasidagi oddiy savdo-iqtisodiy aloqalarga nisbatan asossiz ayblovlar qoʻyishda davom etmoqda. Bu ikkiyuzlamachilik va o’ta mas’uliyatsizlikdir. Xitoy bu ayblovlarni qat’iyan rad etadi”, - deya qoshimcha qildi u.

Uning bu soz’larida qanchalik haqiqat bor?

Birinchidan, Xitoyning Rossiyaga harbiy texnika va tarkibiy qismlarini yetkazib berishda “oddiy savdo” doirasidan chiqib ketganini tasdiqlovchi muhim dalillar mavjud.

“Diskord” ijtimoiy guruhining 2023-yil aprelda Rossiya Tashqi razvedka xizmatidan (SVR) olgan maxfiy ma’lumotida aytilishicha, Xitoy Rossiya bilan “halokatni ta’minlovchi yordam” kelishuvini maqullagan.

Rossiya-Xitoy harbiy hamkorlik modeli dunyoga namunami?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:55 0:00

“Vashington Post” gazetasidagi maqolada yozilishicha, Xitoy Markaziy harbiy komissiyasi Rossiyaga qurol-yarog'ning "qo'shimcha ravishda taqdim etilishini" ma'qullagan, ammo buni sir saqlashni so’ragan.

AQSh razvedkasining yaqinda ochiqlagan ma’lumotlari ko’rsatadiki, 2023-yilning o’zida Xitoydan Rossiyaga import qilingan mahsulotlarning 90 foizi harbiy raketalar, tanklar va samolyotlar ishlab chiqarishda zarur bo’lgan mikroelektronika qismlaridan iborat.

"The Wall Street Journal" nashri jurnalistlari bojxona ma’lumotlarini tahlil qilganida, Xitoydan Rossiyaga ikki tomonlama ishlatish mumkin bo’lgan mahsulotlar sezilarli darajada eksport qilinganining guvohi bo’lgan. Rossiya bojxona ma’lumotlariga ko’ra, AQShning mikrochiplarga nisbatan sanksiyalariga qaramay, Rossiyaga chiplar va chip qismlari importi 2022-yil oxiriga kelib urushdan oldingi o'rtacha oylik ko'rsatkichga deyarli yetgan va aksariyati Xitoydan import qilingan.

“The Wall Street Journal” nashrining keyingi xabariga ko’ra, Xitoy davlat mudofaa kompaniyalari Rossiya hukumatiga tegishli mudofaa kompaniyalariga navigatsiya uskunalari, ovoz o’chirish texnologiyalari va qiruvchi samolyotlar qismlarini jo’natgan.

Aynan shunday xabarni “Politiko” nashrida ham kuzatish mumkin. Xitoy bojxonasining 2023-yildagi yillik tahlili Rossiya Xitoydan 100 million dollarlik dronlar import qilganini va Xitoyning Rossiyaga keramika eksporti 69 foizga oshib, 225 million dollarni tashkil etganini ko’rsatadi.

Gollandiyada joylashgan ochiq manbali razvedka tahlili tashkiloti “Oryx” ham xorijlik harbiy texnika yetkazib berish roʻyxatini eʼlon qildi va Xitoyda ishlab chiqarilgan bir nechta “Shanxi Baoji Tigers” piyoda qoʻshinlarini harakatga keltiruvchi avtomobillar Rossiyaga 2023-yil iyun oyida yetkazib berilganini ta’kidladi.

Razvedka hisobotlari va bojxona ma’lumotlaridan tashqari, Xitoyning Rossiyaga harbiy yordamini aniq isbotlaydigan dalillar ham bor. Rossiya Mudofaa vazirligi o’tgan haftada taqdim qilgan videolavhada xitoycha yozuvlari bor yoki “Xitoyda ishlab chiqarilgan” belgisi mavjud harbiy qurollar yaqqol ko’ringan.

Harbiy yordamdan tashqari, Xitoyning Rossiya iqtisodiyotini qo'llab-quvvatlashi so'nggi ikki yil ichida kuchayib, Rossiyaning Ukrainadagi urushini amalda moliyalashtirishga hissa qo’shmoqda. Xitoy G'arb sanksiyalariga qaramay, 2023-yilda Rossiyani birinchi raqamli xom neft yetkazib beruvchiga aylantirdi. “Reyter” nashri ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya 2023-yilda Xitoyga rekord darajada 107,02 million tonna xom neft yetkazib bergan.

Xitoyning Rossiyaga moliyaviy va harbiy yordami “adolatli va xolis” emas. Shuningdek, Xitoy rasmiylarining pozitsiyasi, Rossiyani qo’llab-quvvatlayotganini hisobga olsak, betaraf emas.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan bir necha hafta oldin Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Zinpin “cheklovi yo’q” munosabatlarni vaʼda beruvchi shartnoma imzolagan edi.

“Associated Press” markazi ma’lumotlariga ko’ra, Moskvaning Ukrainaga bosqinidan keyin ham Xitoy bosqinga nisbatan hech qanday munosabat va qarashlarini bildirmay, Rossiya bilan yaqin munosabatni davom ettirgan.

2024-yil fevral oyida Rossiya hukumati Xitoy Mudofaa vaziri Dong Jun Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga “Ukraina masalasi”da uni qo’llab-quvvatlashini aytayotgani aks etgan videolavhani havola etdi.

Shuningdek, videolavhada Dong Jun har ikki davlat armiyasining bir-biriga bo’lgan ishonchini mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirish va harbiy munosabatlarni yuksaltirishni taklif qilgan.

G’arb Xitoyni muzokaralarda hamkor sifatida qatnashishga undamoqda, biroq bu harakatlar hozircha muvaffaqiyatsizlikka yuz tutmoqda. Yaqinda Xitoy Shveysariya-Ukraina tinchlik konferensiyasiga taklif qilindi. Lekin Xitoy bu taklifni “ko’rib chiqishini” aytish bilan cheklandi.

Shuningdek, AQShning Ukrainaga yordami mojaroni kuchaytirayotgani haqidagi da’volari asossiz, chunki Ukraina bosqinni Rossiya boshlagan va Ukraina o’zini himoya qilishga haqli.

Shuni ham ta'kidlash joizki, Vashington Ukrainani AQSh va NATO qurollaridan Rossiya hududlariga qarshi foydalanishni man qilgan.

Xitoy esa Rossiya bilan shunga o’xshash hech qantay shartnoma tuzmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG