Urushda qurol-aslaha yetishmovchiligiga duch kelgan ukrain jangchilari rus armiyasiga qarshi kurashda FPV dronlaridan foydalanishga o’tishdi.
Kamera bilan jihozlangan bu dronlar nisbatan kuchsiz, ammo nishonni aniqroq uradi. Hozir Kiyevda shunday dronlarga operatorlar yetishtiruvchi maxsus o’quv markazi ishga tushirilgan.
“Biz tayyorgarlikni uzluksiz 24 soat, 7 kun, yil davomida olib borishni rejalayapmiz”.
FPV droniga operatorlar tayyorlovchi bu markaz qo’mondon Oleg Romanov tashabbusida ochilgan. Kamera bilan jihozlangan bu dron ko’rayotgan narsasini operatorga jonli namoyish qiladi. Romanov 3 chi ishg’ol brigadasida divizion komandiri.
Oleg Romanov “Javelin” raketalarini otish bo`yicha mashg’ulotni kuzatishi davomida dron operatorlari uchun ham o`quv markazi ochish g’oyasi tug’ilganini aytadi.
“Jevilin” otuvchi yigitlar trenajerlarda muntazam mashg’ulot o’tab kelishadi, FPV jangchilari uchun esa mashg‘ulot o’tkazadigan, tajriba almashadigan biror joyning o`zi yo`q edi”, deydi Romanov.
Markaz dron operatorlarini tutashgan, chigal joylarda ham mo`ljal yo’qotmaslikka o´rgatadi. Turli to’siqlar vositasida frontdagi real muhit yaratishga harakat qilingan.
“Dushman berkinish uchun o’ra, ishg`ol qilingan qishloqlardagi uylarni tanlaydi. Shuning uchun jangchilarni har qanday sharoitda dronni yo’qotmaslik, bexosdan devorga urilmaslikka o`rgatuvchi mashg’ulotlar trassani yaratdik”, deydi Romanov.
Markaz xodimlariga ko`ra, markazga birinchi ochilish kuni 300 kishi qabul uchun murojaat qilgan.
Dron boshqaruviga o’qiyotgan Veronika Bomko yaqin vaqtda Ukraina qurolli kuchlari safiga qo’shilish niyatida.
“Men 3- brigadaga qo‘shilmoqchi edim, lekin menga maxsus tayyorgarliksiz jang maydonida foydali bo’lishim qiyinligini aytishdi”, deydi Bomko
Bomko hozir maxsus trenajerda shug’ullanmoqda, virtual tarzda bo`lsada bitta tankni yo’q qilishga erishdi.
Trenajerlar ukrain mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Dron yig’ish, qurollar yasash bo’yicha mashqlarni ham o’z ichiga oladi.
Anders laqabli instruktor sobiq harbiy. 2022 yilda Mariupol himoyasi paytida qo`lidan jarohatlangan. Bir yillik muolaja ham jarohatidan to`liq tiklamadi.
“Harbiy xizmatga qaytmoqchi edim, ammo jarohatdan keyin salomatligim og´irlashdi. Bu holatda xizmat qila olmasligimni tushundim va nima bilan yordam bera olish haqida o’yladim. Hozir FPV dronlari dolzarb, dron yig’ishni o’rganishga kirishdim”, deydi u.
Mashg’ulotlar nazariy qismdan ham iborat. Unga urushdagi real tajribaga asoslangan maxsus dastur kiritilgan. Bu askarning laqabi Turbo, u mashg’ulotdagi dastur reallikka juda yaqinligini aytadi.
“Biz dronlar jang maydonida qo‘llanilishiga asoslangan dastur ishlab chiqdik, jangda kerakli bo`lgan eng muhim ma’lumotlar”, deydi u.
Mashg’ulotlar bir hafta, tig’iz o’tkaziladi. Keyin o’quvchilar nazariya va tajribadan imtihon topshirishadi. Shundagina ular armiya xizmatiga tayyor bo`lishadi.