Breaking News

Urush bois yo'llarda sarson ukrainaliklar


Rossiya Ukrainaga urush ochgach, Kiyev osmoni yopildi, parvozlar yo`q, asosiy transport poyezd va avtobus.
Rossiya Ukrainaga urush ochgach, Kiyev osmoni yopildi, parvozlar yo`q, asosiy transport poyezd va avtobus.

Viktoriya Rudenko Kiyev- Helm yo`nalishida Polsha tomon yo`lga chiqqan yuzlab ukrainlardan biri. U Polshadan Kanadaga uchadi. Ukrainalik turmush o’rtog’i hozir Kanadada yashaydi.

Eri armiyadan qochganlardan emas, nogiron, xorijda davolanyapti. Viktoriya hali ortga, Kiyevga qaytadi. Uchrashuvga ajratilgan vaqtning bir necha kuni yo`lga sarflanadi. Rossiya Ukrainaga urush ochgach, Kiyev osmoni yopildi, parvozlar yo`q, asosiy transport poyezd va avtobus.

Kiyevdagi markaziy vokzal orqali yuzlab ukrainlar Yevropaga qatnaydi. Urush ortidan 5 million atrofidagi kishi, asosan ayollar va bolalar Yevropadan boshpana topdi. Ularning yaqinlari Ukrainada, harbiy holat erkaklarning mamlakatdan chiqishini taqiqlaydi. Xorijdagilar yaqinlari bilan ko`rishgani Ukrainaga kelishadi.

Viktoriya ham urush boshida xorijda qochqin sifatida yashagan, keyinchalik, vaziyat nisbatan yaxshilangach Ukrainaga qaytgan.

"Turli gaplarga qaramasdan, men urush bo`lishiga ishonmasdim. Afsus shunday bo`ldi. Juda qo’rqinchli, vahimali edi. Shu vahima meni qochishga majbur qildi. Yo`l azob edi, ammo bir amallab Ruminiyaga yetib oldik. Keyinchalik Shvetsiyada bir muddat yashadik, o’zga yurtda baribir oson emas, lekin hali ortga qaytishga qo’rqardik".

Kiyevdan kechki 18.00 larda yo`lga chiqqan poyezd tongda manzilga - Polshaning Helm shahriga yetib keladi. Polshadagi bu shaharcha yo’lovchilar uchun vaqtinchalik qo'nalg’a, yo`lovchilar Varshavaga qatnaydigan ertalabki poyezdni kutishadi.

Helm shaharchasidagi bu kichkina vokzal ham urushning dastlabki kunlarida minglab ukrainlarni qabul qilgan. Vokzalda hozir ham qochqinlarga yordam markazlari bor, ukrain tilidagi turli axborot, ma`lumotlarni o’qish mumkin. Ammo hozir bu markazlarga deyarli hech kim murojaat qilmaydi.

Ukrain ayoli qissasi: Kiyev-Berlin
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:15 0:00

Helm-Varshava yo`nalishidagi ertalabki poyezd, Polsha temir yo`llariga tegishli. Kiyev-Helm yo`nalishida kelgan yo`lovchilar hammasi aynan poyezdga chiqadi. Polsha 900 ming atrofidagi ukrainaliklarga boshpana bergan.

Polshada urushgacha ham ukrainlar ko’p bo`lgan, ammo ular asosan erkaklar, ukrainalik mehnat muhojirlari edi. Rossiya boshlagan urush bunga chek qo’ydi, urush boshida xorijdagi ukrainalik erkaklar vataniga qaytdi.

Ukrainaliklarning keyingi oqimi urushdan qochgan ayollar va bolalardan iborat bo`ldi.

Viktoriya ham shu oqim ichida bo`lgan - vokzallar, bekatlar, yo`llar urush dahshatidan qochayotgan ukarinalik bolalar, ayollar, keksalar bilan to’lganini, tirbandlik, tiqinlarni yaxshi eslaydi. Ammo bu xotiralarga berilmaslikka, oldinga intilib yashashga harakat qiladi.

“Ukraina juda og`ir davrni boshdan o`tkazdi, afsuski bu dahshatlar tugagani yo´q, urush, portlashlar, trevoga, sirene ovozlari davom etmoqda”.

Varshava ayrimlar uchun so’nggi, ayrimlar uchun navbatdagi manzil. Ko’plab ukrainlar Varshava vokzalidan Yevropaning boshqa davlatlari, jumladan Germaniya tomon ham yo`lga chiqishadi.

Germaniya - eng ko`p qochqinlar qabul qilgan davlat. Ukrainalik qochqinlar soni bir milliondan oshiq baholanadi. Uchinchi yilga cho`zilgan urush ukrainlarni Germaniyadagi hayotga moslashtirmoqda, bolalar nemis tilida ta`lim olishmoqda.

Yevropadagi qochqinlarning ortga qaytmasligi Ukraina iqtisodi uchun jiddiy zarba bo`lishiga doir xavotirlar ham bor. Ammo urushga qaramasdan Ukrainaga qaytgan qochqinlar ham ko`p, jumladan Viktoriya Rudenko shunday qarorga kelgan.

“Ko`plar, shaxsan men ham, xorijda yurt qadriga yetdik. Men shuning uchun qaytdim, vatanimda yashashni xohlayman. Ukrainada hamma narsa bor, xizmatlar ham Yevropadagidan qolishmaydi, urush tugasa hammasi yana iziga tushadi”.

Varshavadan yo`lga chiqqan poyezd Berlinga yetib keldi. Bu yerda ukrainaliklar Berlin vokzalidagi yo`lovchilar oqimiga singib ketadi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG