Breaking News

Rossiya floti Yevropadagi havo qatnoviga xavf tug'diryaptimi?


Rossiya Yevropadagi parvozlarga xavf solyaptimi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00

Yevropa davlatlari Rossiyani havo va dengiz qatnovi tartibini qasddan buzishda ayblamoqda.

29-aprelda Finlyandiyaning yirik “Finnair” aviakompaniyasi Tartu shahriga parvozlarni to´xtatdi. Bunga kompaniyaning ikki samolyoti GPS signallarini yo’qotib, qo’nishni amalga oshira olmagani sabab bo`ldi.

So’nggi sakkiz oy davomida 46 mingta samolyot Shimoliy Yevropada GPS signallaridagi uzilishlar haqida ma’lum qilgan. Bu muammodan dengiz qatnovi, mobil va Wi-Fi aloqalari ham xoli emas.

Hukumat idoralari, jurnalistlar, OSINT tadqiqotchilari surishtiruvi Kaliningradda, Rossiyaning Polsha va Litva bilan chegaradosh Boltiq dengizidagi eksklavida GPS tizimidagi shovqinni aniqladi. Bu yerda Rossiya armiyasini Boltiq floti joylashgan.

Rossiya ayblovlarga javob bermaydi, ammo Boltiqbo’yi, Polsha, Shimoliy Yevropa davlatlarida aloqa yo’qolib qolishi Rossiya flotini Boltiq dengizida GPS signallarini bo’g’ish bo’yicha o`tkazgan mashg’ulotlari vaqtiga mos keladi.

25-aprel kuni Boltiq floti Kaliningrad viloyatida “dushmanning uchuvchisiz uchoqlariga qarshi ” mashg’ulotlar o’tkazdi.

Shu kuni oqshom “Finnair” samolyoti Finlyandiyadan Estoniyaga uchadi, ammo GPS aloqasidagi shovqin bois Tartu aeroportiga qo’na olmaydi va ortga uchishga majbur bo`ladi.

14-mart kuni Rossiyaning Boltiq floti Kaliningrad yaqinida “dushman kommunikatsiyasi”ni bostirish bo’yicha mashqlar o’tkazdi. Bundan bir kun oldin Polshadan Britaniyaga qaytayotgan Britaniya mudofaa vaziri samolyoti GPS va mobil aloqasini yo’qotdi.

Eng ko'p kiberxuruj qayerda sodir bo'ladi: Rossiya yoki AQShda?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00

16-yanvarda Rossiyaning Boltiq floti “Bir necha o’n kilometr radiusdagi himoya qobig’ini yaratganini” e´lon qildi.

Shu kuni GPS tizimidagi shovqinlarni o’rganuvchi GPSJAM sayti “Polsha shimoli-sharqida GPS tizimida o’ta yuqori darajadagi shovqin” qayd etdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG