Breaking News

O'zbekiston xorijdagi tanqidchilar ovozini shu tariqa o'chirmoqchimi?


Oliy Majlis qonunchilik palatasi, 25-iyun, 2024
Oliy Majlis qonunchilik palatasi, 25-iyun, 2024

Huquq himoyachilari Oliy Majlis Qohunchilik palatasi ma'qullagan chorani tashqi dunyoni senzura qilishga urinish, deya baholamoqda.

12-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a'zolari chet el fuqarolarining O‘zbekistonda bo‘lishi qachon nomaqbul deb topilishi xususida takliflar e'lon qilgan edi.

Respublika suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi, adovat qo‘zg‘atuvchi, xalq sha’ni va tarixini kamsituvchi gaplar va harakatlar uchun jazo belgilash, ya'ni bunday insonlarni mamlakatdan uzoqlashtirish kerak, degan undovlar bugun, 25-iyun kuni, Toshkentda palata sessiyasida ma'qullangan. Qonunga aylanishi uchun endi u Senatda ko'rib chiqilishi va tasdiqlansa, prezidentga imzo uchun borishi kerak.

"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan kuzatuvchilar va qonunchilar bu jarayon yaqin kelajakda yuz berishiga shubha qilmaydi, zero tuzumga ma'qul bo'lmaganida taklif ham qilinmas edi, ovozga ham qo'yilmas edi.

Tanqidchilar nazarida, O'zbekiston parlamenti prezident administratsiyasi, Vazirlar mahkamasi va xavfsizlik organlari iznida ishlab kelgan va yaqin orada o'zgarishi, ya'ni mustaqillashishi mumkinligidan darak yo'q. Kuzda Oliy Majlisga saylovlar o'tishi kutilmoqda.

"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan kuzatuvchilar va qonunchilar bu jarayon yaqin kelajakda yuz berishiga shubha qilmaydi, zero ma'muriyatga ma'qul bo'lmaganida taklif ham qilinmas edi, deputatlar yakdillikda ovoz ham bermas edi.
"Amerika Ovozi" bilan gaplashgan kuzatuvchilar va qonunchilar bu jarayon yaqin kelajakda yuz berishiga shubha qilmaydi, zero ma'muriyatga ma'qul bo'lmaganida taklif ham qilinmas edi, deputatlar yakdillikda ovoz ham bermas edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston ahli va chet eldagi fuqarolar, shuningdek, xalqaro hamjamiyat vakillari va mutaxassislar yuqoridagi hujjat yuzasidan xavotir bildirmoqda, hatto bu qadamning Rossiyada chetdan mablag' olganlarni "xorijiy agent", Qirg'izistonda "xorijiy vakil" deya tamg'alovchi qonunlardan ham kengroq ko'lamda qo'llanishi mumkinligi yuzasidan taxminlar mavjud.

Qonunchilik palatasining bildirishicha, bir guruh deputatlar ishlab chiqqan “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar "hozirgi globallashuv sharoitida O‘zbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish" uchun zarur.

O‘zbekiston manfaatlariga zid chiqishlar yoki ishlar qilgan shaxs mamlakatga kiritilmasligi kerak, deydi ism-sharifi bildirilmasligi sharti bilan so'zlashgan qonunchilar.

Ayrimlarga ko'ra esa hujjat Rossiyaning agressiv propagandasi kuchaygan paytda taklif qilingani u asosan rus shovinistlariga qaratilganini ham anglatadi.

Hujjatga binoan, O'zbekistonga zarar keltirmoqda deya hisoblangan odam besh yil davomida O‘zbekistonga kirishi, banklarda hisob ochishi, ko‘chmas mulk sotib olishi, davlat mulkini xususiylashtirishi, moliyaviy ishlarga aralashishi taqiqlanadi.

Palata matbuot xizmatiga ko'ra, deputatlar davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini mustahkamlash uchun ko'rilishi kerak bo'lgan choralarni muhokama qilar ekan, davlatlararo, millatlararo va dinlararo ahillikka urg'u bergan. O‘zbekiston xalqi biror jihatdan kamsitilmasligi shart va bu qonunan talab qilinishi lozim, deya ta'kidlangan.

Bu qonun loyihasini shakllantirishda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Rossiya, Polsha, Belarus va Xitoydan o'rnak olingan.

Deportatsiya tartibi qanday kechadi? Rasmiylar tushuntirishicha, "nomaqbul deb topilgan shaxs" 10 kun ichida O‘zbekistonni ixtiyoriy ravishda tark etishi kerak bo‘ladi. Aks holda, u mamlakatdan majburan chiqarib yuboriladi.

Qonunchilar deydiki, shu paytgacha chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda bo‘lishi qachon va qay shartlar asosida nomaqbul deb hisoblanishi yuzasidan asoslar konkret bo'lmagan. Jarayon endi oydinlashmoqda, deydi ular.

"Amerika Ovozi" bilan aloqadagi inson huquqlari tashkilotlari nazarida, bu hujjat va siyosat O'zbekistonning xalqaro hamjamiyatga bergan va'dalari, xususan, mamlakat tashqi dunyo bilan samimiy va ochiq muloqot qiladi, tanqid va shaffoflikni qadrlaydi, degan bayonotlariga mos kelmaydi.

Qonunga aylansa, uning asosida har qanday chet ellik tuzumga yoqmaydigan har qanday gapi uchun haydalishi, O'zbekistonda taqiqlangan shaxsga aylanishi mumkin, deydi huquq himoyachilari. Ular bu chorani tashqi dunyoni senzura qilishga urinish, deya baholamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG