Breaking News

Ukraina Kurskga hujum bilan nimaga erishmoqchi?


Russia Ukraine
Russia Ukraine

Ukraina Rossiyaning Kursk oblastiga qo’shin kiritishi ketidan G’arbdagi ayrim matbuot va tahlilchilar Kreml qattiq javob berishini, rus armiyasi hatto Kiyevda davlat idoralari, jumladan parlament binosini nishonga olishini taxmin qilmoqda.

Xalqaro hayot - 13-avgust, 2024 - Kurskga hujum avantyura yoki puxta ishlangan amaliyot?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:45 0:00

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Kurskga hujum Rossiyani muzokaraga majburlashini da’vo qilyapti.

"Rossiya terrorchilarini o’z inida yo’q qilish to’g’ridir. Hujumlar amalga oshirilayotgan joylarni, rus harbiy aerodromlarini, logistikasini. Bu bizni tinchlikka yaqinlashtirishda qanchalik foydali bo’lishini ko’ramiz hali. Agar Putin shunchalik urushni davom ettirishni xohlasa, uni tinchlikka majburlash kerak”, - deydi Zelenskiy.

Ukrainaning Rossiya hududiga hujumi natijasida yuz mingdan ziyod odam Kurskdan evakuatsiya qilindi. Prezident Vladimir Putin mamlakatda ixtiyoriy safarbarlik kuchayganini aytmoqda.

“Dushman kelajakda bo’ladigan muzokarada qo’li baland kelishi uchun bu ishni qilayotgan ko’rinadi. Tinch aholini tartibsiz o’qqa tutayotgan, atom energiyasi inshootlariga tahdid solayotgan odamlar bilan qanday qilib muzokara qilish mumkin?”, - deydi Putin.

Rossiya rahbari dushmanga qattiq javob berilishini aytdi. Mudofaa vazirligi so’nggi bir kunda 420 ukrain askari va 55 dona harbiy texnika yo’q qilingani haqida ma’lum qildi.

Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajarayotgan Aleksey Smirnov 28 ta aholi punkti ukrain qo’shinlari qo’lida ekanini tan oldi, 12 nafar fuqaro o’lganini, 121 odam, jumladan 10 ta bola yaralanganini aytdi.

Ukraina qurolli kuchlari qo’mondoni Oleksandr Sirskiy uning qo’shinlari Kurskda ming kvadrat kilometr maydonni egallab turganini da’vo qildi.

Londonlik tahlilchi Marion Mesmer Ukrainaning Kurskga hujumini tavakkal qilish deb atadi.

"Mening taxminimcha, Ukraina bu bilan ikkinchi front ochib, rus qo’shinlarini frontning ular yutuqqa erishayotgan joylaridan chiqishga majburlamoqchi. Ukraina buning uddasidan chiqayotgan ko’rinadi”, - deydi mutaxassis.

Rossiya ukrain qo’shinlarini Kurskdan siqib chiqarish uchun hududga frontning boshqa nuqtalaridan askarlarini safarbar qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG