Breaking News

Donald Tramp AQShning 47-prezidenti etib saylandi


To’rt yil oldin saylovda mag’lubiyatini tan olmagan Donald Tramp Qo’shma Shtatlarning navbatdagi rahbari bo’ladi. Qator jinoyatlarda ayblanib sudlangan, suiqasdlardan omon qolgan sobiq rahbar yana Oq uyga qaytmoqda.

Florida, 6-noyabr, 2024
Florida, 6-noyabr, 2024

Tramp prezident sifatida federal hukumatni tubdan o’zgartirishga va’da bergan. Floridada o’z tarafdorlari bilan uchrashar ekan, Tramp “misli ko’rilmagan, kuchli mandatni” qo’lga kiritganini ta’kidladi.

Prezidentlikka saylanish uchun nomzod 538 superdelegatga ega Saylov kollegiyasining kamida 270 ovozini olishi kerak. Kollegiya ovozlari shtatda ko'pchilik kimga ovoz bersa, shunga ketadi. Bir necha shtatda ovozlar hamon hisob-kitob qilinayotgan bo’lsa-da, Tramp mamlakatning navbatdagi prezidenti bo’lish uchun zarur 270 ovozni allaqachon qo’lga kiritgan.

Bu bilan Donald Tramp ayol raqibini ikkinchi marotaba mag’lub etmoqda. Amaldagi Vitse-prezident Kamala Harris saylovga bir necha oy qolganda demokratlar nomzodi sifatida Jo Baydenning o’rnini egallagan edi.

Donald Tramp 1892-yildan beri AQShda ikkinchi marta saylana olmay keyin yana harakat qilib, buning uddasidan chiqqan prezident bo'ldi. Shuningdek, u bu davlat tarixida sudda jinoyatchi deb topilsa-da, rahbarlikka saylangan shaxs. 78 yoshli Tramp Oq uyga saylangan eng keksa rahbar hamdir.

60 yoshli Kamala Harris yutgan taqdirda Amerikaning birinchi ayol va Janubiy Osiyo kelib chiqishiga ega prezidenti bo'lardi. 36 yildirki, Amerikada vitse-prezident prezidentlikka saylanmagan.

Harris 2020-yilda Jo Bayden yutgan shtatlarda yaxshi natija ko'rsatmadi. U 6-noyabr tongda tarafdorlarini uyiga jo'natib yuborgan, bugun xalqqa murojaat qilishi kutilmoqda.

Kamala Harris tarafdorlari, 6-noyabr, 2024
Kamala Harris tarafdorlari, 6-noyabr, 2024

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG