Breaking News

AQShning yangi vazirlari va ehtimoliy ixtiloflar


AQShning yangi ma'muriyatiga Donald Tramp tanlagan nomzodlar
AQShning yangi ma'muriyatiga Donald Tramp tanlagan nomzodlar

AQShning navbatdagi prezidenti Donald Tramp yangi vazirlarni tanladi – nomzodlarni AQSh senatorlari ma’qullashi kerak. Ayrim nomzodlar o’tishi tayin, ayrimlari esa bahslarni qizitmoqda.

Senator Chak Grassli Pamela Bondini bosh prokurorlikka munosib nomzod sifatida e’tirof etmoqda.

Tramp davlat kotibi, ya’ni tashqi ishlar vazirligiga tanlagan senator Marko Rubio ham ma’qullanishi kutilmoqda.

“Tashqi siyosatni prezident belgilaydi – biz ijrosini ta’minlaymiz”, - deydi u.

Xalqaro hayot - 12-dekabr, 2024 - Suriya, Ukraina, AQShning yangi ma'muriyati
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:12 0:00

Mudofaa vazirligiga nomzod Pit Xegset harbiy ma’muriyatda ishlamagan. “Fox” kanali teleboshlovchisi. Iroq, Afg’oniston va Guantanamoda xizmat qilgan.

“Imtiyoz urush qatnashchisida, Pentagonga jangavor ruhni qaytarasan, dedi Tramp”, - deydi Xegset.

Xegset bahsli g’oyalari bilan tanilgan nomzodlardan biri. Respublikachi senatorlar uni ma’qullashi qiyin ko’rinadi.

“Yangi prezident barcha u chizgan chiziqdan yurishini kutmasligi kerak. Munosib e’tibor va ehtirom ko’rsatilmasa, respublikachilar uning faoliyatini og’irlashtirishi mumkin”, - deydi Texas universiteti professori Shennon Obrayn.

Senatda respublikachilarning navbatdagi lideri Jon Tyun nomzodlar qisqa fursatda ovozga qo’yilishini aytadi.

“Nomzodlar Tramp siyosati ijrosiga kirishishi uchun ishni kechiktirmaymiz”, - deydi u.

Tramp nomzodlarni Senat tatilda ekanida tayinlash taklifini bergan. Bu qonunchilarning nomzodlarni ma’qullashga doir konstitutsion rolini mensimaslik deya baholanishi mumkin.

“Prezident tanaffus paytida nomzodlarni tayinlab olish uchun Kongress faoliyatini atay kechiktirsachi? Bunaqasi hali bo’lmagan. Prezident shunday istagi borligini yashirmayapti. Yagona yo’l Kongress ishini kechiktirish. Biroq bu uni sud zaliga boshlaydi”, - deydi professor Obrayn.

Respublikachi senatorlar e’tiroz bildirmoqda.

“Darhaqiqat, Senat majburiyatini chetlab o’tib bo’lmaydi”, - deydi senator Jon Kornin.

AQShda har ikki partiya prezidentlari tanaffus paytida tayinlovlarni amalga oshirgan. Biroq Oliy sud Barak Obama prezidentligi davrida bu vakolatni cheklagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG