Breaking News

Zelenskiy AQSh va Yevropa Ittifoqini Ukraina masalasida birlikka chaqiryapti


Zelenskiy Bryusselda Yevropa Ittifoqi majlisida
Zelenskiy Bryusselda Yevropa Ittifoqi majlisida

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Bryusselda ittifoqchi davlatlar rahbarlari bilan uchrashib, Rossiyaga qarshi urushda yordamni davom ettirishga chaqirdi.

Xalqaro hayot - 19-dekabr, 2024-yil - Zelenskiy AQSh va Yevropa Ittifoqini Ukraina masalasida birlikka chaqiryapti
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:05 0:00

AQShda 20-yanvarda prezident almashishi kutilarkan, Zelenskiy Donald Tramp prezidentlikka kirishishi bilan Qo’shma Shtatlardan harbiy yordam keskin qisqarishi yoki hatto to’xtashi mumkinligidan xavotirda.

"Tinchlikka erishish uchun Yevropa Ittifoqi va AQSh o’rtasida birlik bo’lishi kerak. AQSh va Yevropa faqat birgalikda Putinni to’xtatishga qodir”, - dedi u.

Zelenskiyga ko’ra, har qanday tinchlik kelishuvi Ukrainaning hududiy daxlsizligini inobatga olishi kerak.

Ukraina rahbari mojaroning Tramp taklif qilganidek muzlatilishiga qarshi, Yevropaning xavfsizlik kafolatlari NATOga a’zolikning o’rnini bosa olmasligini aytadi.

Yevropa Kengashining yangi prezidenti, Portugaliya sobiq bosh vaziri Antoniu Koshta tinchlik davomiy va adolatli bo’lishi kerak, deydi.

Yevropa Ittifoqi rahbarlari Ukrainani cheksiz qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi, tinchlik bo’yicha tashabbuslar Ukraina ishtirokisiz bo’lmasligi kerakligini ta’kidlaydi.

Litva Prezidenti Gitanas Nausedaning aytishicha, Rossiya Ukrainada hujumlarini davom ettirarkan, tinchlikka samimiy qiziqish bildirgani yo’q.

Yevropa Ittifoqining tashqi siyosatga mas’ul rasmiysi Kaya Kallas nazarida, Ukrainani erta muzokaraga majburlash Kiyev uchun yomon kelishuvga olib keladi.

Germaniya Kansleri Olaf Shols uning mamlakati Ukrainaga harbiy madad berishda davom etishga tayyor ekanini aytgan holda urush eskalatsiyasi, NATO va Rossiya o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri mojaroga qarshi ekanini ta’kidladi.

Putin: Rossiya Ukrainada maxsus harbiy amaliyot maqsadlarini amalga oshirishga yaqin turibdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin an’anaviy yillik matbuot anjumanida Ukrainadagi urush haqida ko’p gapirdi. Unga ko’ra, rus qo’shinlari Ukrainada asosiy maqsadlariga erishishga yaqin turibdi, har kuni yangi hududlar zabt etilmoqda. Putin ukrain askarlari Rossiyaning Kursk oblastidan siqib chiqarilishini aytdi, Kiyevni rus generalining o’limida ayblab, uni terror harakati deb atadi.

Seshanba kuni uyining yonida ro’y bergan portlashda Rossiyaning radiatsiya, kimyoviy va biologik mudofaasi kuchlari boshlig’i Igor Kirillov va yordamchisi halok bo’ldi.

Ukraina Xavfsizlik xizmati buyurtmasiga ko’ra amalga oshirilgan qotillikni ijro etishda O’zbekiston fuqarosi ayblanmoqda.

Kit Kellog Rossiya-Ukraina mojarosini to’xtatishga qobiliyatli odammi?

AQShda yangi saylangan prezident Donald Tramp iste’fodagi general-leytenant Kit Kellogni Ukraina va Rossiya bo’yicha maxsus vakil etib tayinladi.

80 yoshli sobiq harbiy Trampning birinchi prezidentlik muddati paytida Milliy xavfsizlik kengashida ishlagan. AQShning Ukraina bo’yicha hozirgi maxsus vakili Kurt Volker Kellogni yaxshi mutaxassis deb atadi.

“U tajribali harbiy rahbar, uch yulduzli general, Prezident Tramp bilan yaqin aloqada, ya’ni ularda yuzma-yuz muloqot imkoni bo’ladi”, - deydi Volker.

Kellog Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan reja mualliflaridan biri bo’lib, otashkesim va muzokara tarafdori, yaqin orada Ukraina va Yevropaga bormoqchi.

Kellog Ukraina muzokaraga rozi bo’lmasa, AQSh uni qurol bilan ta’minlashni to’xtatishi kerakligini aytadi, Ukrainaning NATOga a’zolik harakatini 10 yilga muzlatishni tavsiya qiladi.

Kellog Prezident Bayden Ukrainaga yetarlicha harbiy yordam bermaganini aytadi.

"U hozirgi va oldingi ma’muriyatlarning ayrim zaif tomonlarini to’g’ri ta’kidlayapti. Ya’ni biz Ukrainaga katta moddiy yordam bermadik. Tramp ma’muriyati bu vazifani qobiliyatli mutaxassisga topshirayotgani va buni ustuvor deb belgilayotgani Tramp bu ishni to’g’ri boshlayotganini ko’rsatmoqda”, - deydi davlat kotibi yordamchisining sobiq o’rinbosari Evelin Farkas.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG