Breaking News

Obama Afg'onistonga yordamni oshirishga va'da bermoqda


BMT Xavfsizlik Kengashi delegatsiyasi Afg’onistondagi vaziyatga baho berish uchun tashrif buyurgan.

15 mamlakat vakili hamda elchilardan iborat bu guruh afg’on prezidenti Hamid Karzay bilan uchrashib, xavfsizlik, boshqaruv hamda taraqqiyot dasturlarini muhokama qiladi.

Karzay shuningdek AQShning yangi prezidenti Barak Obama bilan telefon orqali gaplashgan. Karzay idorasi chiqargan bayonotga ko’ra Barak Obama kelasi yil Afg’onistonga yordamni oshirishga va’da bergan.

Saylov kampaniyasi chog’ida Obama Iroqdagi qo’shin sonini kamaytirib, Afg’onistonga jo’natish haqida bot-bot gapirgan edi.

Afg’onistondagi NATO qo’mondoni general Deyvid Makkirnanga ko’ra mamlakatda xavfsizlikni ta’minlash uchun qo’shin yetarli emas. U Obamadan 20 ming askar so’ragan. Shulardan 4 ming nafari yanvar oyida xizmatga kirishadi.

AQSh armiyasi so’zlovchisi Greg Julianning aytishicha qo’shimcha brigada Afg’onistonning jangarilar avj olgan sharqiy hududlariga safarbar etiladi. Odatda qish mavsumi xurujlar kamayishiga olib keladi, biroq AQSh va NATO kuchlari harbiy amaliyotlarni to’xtatmoqchi emas.

Afg’oniston sharqida esa chegarachilarni tayyorlash bilan birga 165 yangi tekshiruv punkti qurilmoqda. Pokiston bilan chegarada yordam zarur deydi NATO generali Richard Blanchett.

“Afg’onistonning Kunar viloyati hamda Pokistonning Bajaur qabilaviy hududida rejalangan qo’shma operatsiyalar chegaradan o’tishga urinayotgan ajnabiy jangarilarni nishonga oladi”.

XS
SM
MD
LG