Breaking News

Siyosatni maqtagan qahramon, tanqid qilgan esa dushman


AQShda asoslangan "Ozodlik Uyi" (Freedom House) tashkilotining 3 may – Xalqaro Matbuot Erkinligi Kuni munosabati bilan chiqargan hisobotida qayd etilishicha O'zbekiston so'z erkinligi eng cheklangan jamiyatlardan biri.

Tahlil qilingan 195 davlat orasida respublika 189-o'rinni egallaydi. Sobiq Sovet davlatlari orasida O'zbekiston - Turkmaniston va Belarus qatorida jurnalistlarga eng ko'p bosim o'tkaziladigan jamiyat hisoblanadi.

O'zbekistonda matbuot erkinligi kuni tantana qilinadi va "Oltin qalam" milliy mukofoti ta'sis etilgan. Bu yil to'rtinchi bor taqdim etilyotgan bu mukofot faqat hukumatni maqtagan jurnalistlarga buyuradi.

“Avval bu bayramni mamlakatdagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari o`tkazar edi. Keyinchalik ular chiqib ketishga majbur bo`ldi. Natijada bo'shliq hosil bo'lib, hukumat buni to'ldirish uchun turli tadbirlar rejasini o'ylab chiqdi. “Oltin qalam” mukofoti o'tgan yil xorijiy tanqidlarga qarshi kurashgan jurnalistlarga berilgan bo`lsa, bu yil 2007-2008 yilgi prezidentlik saylovini yoritgan jurnalistga nasib etdi. Hukumat vaqti vaqti bilan ana shunday maddoh jurnalistlarni taqdirlab turadi”, - deydi huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov.

Rahbariyatni tanqid qilgan yoki mahalliy hokimiyatni savolga tutgan jurnalistlarning holi voy, deydi huquq himoyachilari.

Korrupsiyani yoritishga uringan jurnalist Solijon Abdurahmonov o'tgan yili giyohvand moddalari savdosida ayblanib 10 yil qamoq jazosiga hukm qilindi.

Ikki oylar muqaddam tovlamachilikda ayblanib hibsga olingan jurnlist Dilmurod Sayid ustidan tergov ishlari yakunlangan va ish sudga oshirilgan.

“Ish asosan chiqargan maqolalari bo`yicha ketayapti, go`yo u maqola chiqaraman deb qo`rqitib pul talab qilgan emish. Ayblov tasdiqlangan taqdirda ham bu ish o`z tasdig`ini topmaydi. Birorta ashyoviy dalillarning o`zi yo`q. Ish qo`zg`adik, oxirigacha olib boramiz degan maqsadda qilinayapti ”, - deydi Dilmurod Sayidning advokati Ruhiddin Komilov.

Dilmurod Sayid jamoatchilikka “Advokat press” gazetasida e`lon qilingan “Yo`q haqida badiha” nomli maqolasi bilan tanilgan edi.

Mamlakatdagi ijtimoiy siyosiy vaziyatni tanqid ostiga olgan, oddiy aholining siyosiy munosabatlarini ko'rsatib berishga uringan jurnalist keyinchalik ishdan haydaldi, gazeta faoliyati esa to`xtatildi.

Dilmurod Sayid qamoqdan chiqargan maktubida tanqidiy chiqishlari uchun undan qasos olinayotganini ta`kidlaydi.

Solijon Abdurahmonovning qamoq jazosiga hukm qilinishi, Dilmurod Sayidning hibsga olinishi mustaqil jurnalistlarga nisbatan tazyiqning davomi sifatida baholanadi.

Yevropa Ittifoqi O'zbekiston hukumati bilan so'z va matbuot erkinligi bo'yicha muloqot boshlagan, lekin hozircha biror samara ko'zga tashlanmayapti.

XS
SM
MD
LG