Breaking News

Islom Karimov Amerika elchisini qabul qildi


O’zbekiston prezidenti Islom Karimov AQSh elchisi Richard Norlandni qabul qilib, xavsizlik bo’yicha hamkorlik, iqtisodiy aloqalar va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalarni muhokama qilgan.

Karimovning aytishicha, bu uchrashuv ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilish uchun qulay fursat.

Asosiy e’tibor Afg’onistonga yuk yetkazish masalasiga qaratilgan.

Muloqot NATO rasmiysi Robert Simonsning Toshkent safariga to’g’ri kelgan. Biroq alyans mulozimining tashrifi tafsilotlari ma`lum emas.

Sharhlovchilar nazarida AQSh-O`zbekiston munosabatlarida belgilovchi nuqta Afg`oniston bo`lib qolaveradi.

“Fikrimcha, munosabatlar yanada rivojlanisini kutish mumkin -- bunga ehtiyoj kuchli. Afg’onistondagi vaziyat murakkab, u yerda kurash olib borayotgan AQSh qo’shni davlatlar, jumladan, O`zbekistondan yordam kutishga haqli”, - deydi siyosiy sharhlovchi Farhod Tolipov.

AQSh-O'zbekiston aloqalari jonlanar ekan, bu elchixona faoliyatiga ham ta’sir qilmoqda. Elchi Richard Norland O'zbekiston prezidenti tomonidan ikkinchi bor rasman qabul qilinmoqda. Norland AQShda Barak Obama prezident bo’lgach, vazifasida qoldirilgan rasmiylardan.

XS
SM
MD
LG