Breaking News

Pan Gi Mun Turkmaniston prezidenti bilan uchrashgan


Markaziy Osiyo bo’ylab safar qilayotgan BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bugun Turkmanistonda bo'lib, prezident Qurbonguli Berdimuhammedov bilan muloqot qilgan.

Pan Gi Mun Ashgabat yaqinida sobiq prezident Saparmurod Niyozov maqbarasiga qadam ranjida qilib, gulchambar qo'ygan.

Bosh kotib Berdimuhammedov ma'muriyatini xalqaro huquq me’yorlariga amal qilishga, inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatni yaxshilashga da’vat etgan.

Berdimuhammedov esa uchrashuvda diqqatni ko'proq qo’shni Afg’oniston tinchligi va taraqqiyotiga qaratgan.

Xalqaro huquq tashkilotlari nazarida Pan Gi Mun mintaqaning besh davlati bo’ylab safari chog’ida aynan qonun va erkinliklar masalasiga urg’u berishi, ojizlarning himoyasi uchun so’zlab, hukumatlarni savolga tutishi kerak.

BMT Bosh kotibi Markaziy Osiyoga tashrifini boshlashdan oldin Bakuda to'xtab, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadiyorov bilan so'zlashgan.

BMT uzoq yillardan beri Armaniston va Ozarbayjonni Tog'li Qorabog' mojarosini hal etishga undab keladi. Aholisi asosan armanlardan iborat bu hududni Ozarbayjon o'z yeri deb biladi.

Yechim topishda muhim rol o'ynashni ko'zlagan tashkilot bu borada har ikki davlatdan hisobot olib keladi, ammo biror yutuqqa erishgani kuzatilmaydi.

XS
SM
MD
LG