Breaking News

Bir kilogram ilon zahri million dollardan oshgan


Ilon zahridan mo'may daromad
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:18 0:00

Ilon zahridan mo'may daromad

Ilon, chayon kabi jonivorlardan zahar olib sotish har yerda uchraydigan biznes emas. Uddasigan chiqqanlar uchun u mo’may daromad manbai, ammo hayvonlar zahri ta’minoti bilan shug’ullanuvchilar nihoyatda kam. Natijada farmasevtika sanoatida og’uga ehtiyoj katta. Hirotdagi ikki afg’on tadbirkori ilon, chayon boqib, zahar yig’ishni yo’lgan qo’ygan. Fermada ilonning 30 yaqin turi, behisob chayonlar boqiladi.

Ilon va chayon zahri o’ta xafvli, hatto inson hayotiga zomin bo’lishi mumkin. Shuningdek, ulardan davolovchi, inson hayotini saqlab qoluvchi preparatlar orqali meditsinada ham qo’llanadi.

“Zahar bilan ko’p ish qilish mumkin. Ilon va ayniqsa, chayon zahrida bir necha yuz xil toksik moddalar borligini sanadik. Ulardan atigi bir-ikki foizi bizga ma’lum xolos. Chayonning ikki mingdan ortiq turi bor. Ularning har birida yuzlab toksik modda bo’lsa, million-million zahar turlarini o’rganish mumkin. Bu juda katta ish”, - deydi biokimyogar-immunolog olim Maks Goyfon.

Mutaxassislar ilon, chayon chaqqanda yagona davo zahardan tayyorlangan prepatlar ekanini tasdiqlagan.

Jonivorlardan olinadigan og’uga ehtiyoj ortarkan, ta’minot esa kamaygan.

Afg’onistondagi ikki tadbirkor zahar ishlab chiqarish biznesi bilan shug’ullanadi. Ular ilonchilik fermasi ochib, zahar olishni yo’lga qo’ygan.

Tadbirkorlarning aytishicha, bir kilogram ilon zahri bozorda million dollardan ortiq baholanadi.

“Boshqa viloyatlardagi ilon, chayonlarni kontrabanda yo’li bilan Afg’onistondan olib ketishayotganini payqadik. Undan ko’ra, ferma ochib bu ishga chek qo’yishga qaror qildik. Bizdagi ilonlar zahri juda sifatli”, - deydi ilonchilik fermasi egalaridan biri Nosir Ahmad Aziziy.

“So’nggi olti oyda yarim kilogramdan ortiq zahar yetishtirdik. Afg’on hukumati jahon bozoriga chiqishimizga sharoit yaratib beradi, degan umidimiz bor”, - deydi tadbirkorlardan yana biri Akbar Darvish.

Bu ikki tadbirkor Afg’oniston yerlari va havosi nafaqat ilon va chayonlar uchun, qolaversa, zahar biznesi uchun ham ayni muddao deydi.

Jonivorlar zahriga ehtiyoj ham katta.

Jahon sog’liqni saqlash tashkilotiga ko’ra, yiliga besh milliondan ortiq inson ilon zahridan jabr ko’radi. Ulardan ikki millioni zaharli ilonlarga duch keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG