Breaking News

NATO: Afg'onistonda missiyani oxiriga yetkazamiz


Afg'onistonda saylov oldidan e'tibor xavfsizlikda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:41 0:00

NATO, Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqiga ko’ra, Afg’onistonda sentabr oxirida prezidentlik saylovlari oldidan zo’ravonlik sur’ati oshishi kutilyapti. AQSh va Tolibon o’rtasida tinchlik muzokaralari to’xtab qolgan. Butun e’tibor barqarorlikni ta’minlashga qaratiladi, deydi harbiylar.

Vashington va Tolibon o’rtasida maxfiy muzokaralar AQShda o’tishi kutilgan edi. Unga Afg’oniston prezidenti ham taklif etilgan. Kobulda o’nlab odam halok bo’lgan portlash ketidan Prezident Donald Tramp muloqotni bekor qildi.

“Hech qanday muzokara bo’lmaydi”, - dedi Tramp.

Bu gapdan so’ng Tolibon Moskvaga bordi. Vashington bilan muzokaralarni davom ettirishga ham, yana 100 yil kurashishga ham tayyormiz, deydi jangarilar.

O’tgan hafta Sloveniyada uchrashgan NATO yetakchilari Afg’oniston haqida ham gaplashib oldi.

“Bu mamlakat haqida ko’p bahs-munozara bo’lyapti. NATOdagi ittifoqchilarimizga gapimiz shuki, hech narsa o’zgarmaydi, missiya davom etadi”, - deydi alyans oliy qo’mondoni general Tod Volters.

NATO harbiy qo’mondonligi rahbari ham buni tasdiqlamoqda.

“Bu borada bo’linish yo’q. Ittifoqchilar Afg’oniston missiyasiga sodiq qoladi, ishni oxiriga yetkazadi”, - dedi marshal Styuart Pich.

Afg’onistonda prezidentlik sayloviga oz qoldi – 28-sentabrda saylov. Zo’ravonlik va hujumlar ko’payishi turgan gap.

“Saylov mukammal bo’lmaydi, albatta. Ammo biz ovoz berish jarayoni xavfsiz o’tishi uchun barcha chorani ko’ramiz, harbiy operatsiyalarni shunga qarab rejalaymiz”, - deydi general Volters.

Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’anining aytishicha, Tolibon sulhga ko’nmaguncha tinchlik muzokaralari o’tkazilmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG