Qishloq xo’jaligi iqlim o’zgarishi sababchilaridan biri etib ko’rsatiladi. Tez-tez kuzatilayotgan tabiiy ofatlardan eng ko’p aziyat chekayotgan soha ham shu. Yangi hisobotga ko’ra, agar qishloq xo’jaligi sohasida tegishli islohotlar qilinsa, tabiatga zarar yetkazmasdan oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmini oshirish mumkin.
Qurg’oqchilik, suv toshqinlari, bo’ronu-to’fonlar… bular global iqlim iliqlashuvi bilan bog’liq deb ko’riladi. Tabiiy ofatlar qishloq xo’jaligiga katta ziyon yetkazmoqda.
2012-yil yozida AQShning ko’pgina qismlarida kuchli qurg’oqchilik kuzatildi. Kuzda “Sendi” dovuli sohilbo’yi shtatlarga katta talofat keltirdi. O’tgan yillar ichida qurg’oqchilik sabab Afrika qit’asida gumanitar inqiroz yanada chuqurlashdi, Rossiyada esa ekinlar barbod bo’lib, don eksporti vaqtincha to’xtadi.
Kelajakda bunday holatlar yanada ko’payishini kutavering, deydi bir ovozdan mutaxassislar.
Food Tank nomli tadqiqot markazi asoschisi va “Barqaror qishloq xo’jaligida innovatsiya” mavzuidagi hisobot mualliflaridan biri Daniel Nirenberg deydiki:
“Iqlim o’zgarishida qishloq xo’jaligining hissasi katta, chunki bu sohani yuritish
ancha resurs talab qiladi. Atmosferani bulg’ayotgan gazlarning 25-30 foizi aynan qishloq xo’jaligidan keladi. Turli o’g’itlar, pestisidlar va boshqa kimyoviy moddalar, mahsulotni tashiydigan transport, hammasi neft va gazda ishlaydi”.
Xususan, chorvachilikning atrof-muhitga ta’siri jiddiy.
“Braziliya, Xitoy va Hindiston kabi mamlakatlarda go’sht iste’moli oshgan sari qoramol fermalari, mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar ham ko’paymoqda. Hammasiga yonilg’i, transport vositalari zarur. Demak, iqlimga ta’siri ham katta”, - deydi olim.
Hisobotga ko’ra, tabiatni parvarishlagan holda sayyoraning o’sayotgan aholisini yetarli oziq-ovqat bilan ta’minlash mumkin. Buning uchun yer va ob hayotga munosabat o’zgarishi, daraxtlar ekilib, o’rmonzorlar kengayishi kerak. Bu bilan havo tozaligini saqlab, ayni vaqtda yovvoyi hayvonlarni ham himoya qilgan bo’lamiz, deydi mutaxassis.
Yer hosildorligini oshirish uchun esa ekinni almashtirib ekish tavsiya qilinadi. Shuningdek, shaharlarda dehqonchilik amaliyotini rag’batlantiraylik, deydi Nirenberg. Suvni tozalab qayta ishlatish, dalalarni tomchilab sug’orish, yomg’ir suvlaridan foydalanish ham tahlil mualliflari berayotgan tavsiyalar sirasiga kiradi.
Innovatsiya, ya’ni yangi uslublarni qo’llash orqali iqlim o’zgarishi ta’sirini kamaytirish mumkin, deyiladi hisobotda.