Breaking News

Belarus poytaxti metrosida portlash, 12 kishi o'lgan


Minsk, 11 aprel 2011
Minsk, 11 aprel 2011

Belarus poytaxti Minksda kecha metro bekatida yo’lovchi tig’iz payt portlash ro’y bergan.12 kishi o'lgan, kamida 200 odam jarohat olgani ma’lum.

Hukumat buni terrorchilik harakati deya ta'riflagan, chunki portlovchi moslamaga mayda temirlar to'ldirib solingani aytiladi.

Minsk, 11 aprel 2011
Minsk, 11 aprel 2011

Jinoyatni sodir etganlar imkon qadar ko'p odamni o'ldirmoqchi bo'lgan, deydi rasmiylar.

Associated Press axborot agentligi og’ir yarador kishilar metrodan olib chiqilayotgani haqida xabar beradi.

Minsk, 11 aprel 2011
Minsk, 11 aprel 2011

Oktyabrskaya stansiyasida chamasi soat 6 larda portlash yangragan. Bekat o’tish joyi bo’lib odamlar doim gavjum.

Guvohlarning aytishicha, metro stansiyasining shifti qulab tushgan.

Voqea terrorchilik harakatimi yoki texnik halokat, bunisi hamon noaniq.

Oktyabrskaya prezident Aleksandr Lukashenko qarorgohidan 100 metr narida joylashgan.

Belarusda siyosiy ziddiyat kuchaygan.

O’tgan yilning dekabrida prezident saylovlari natijalariga qarshi ommaviy namoyishlar o’tib, hukumat uni ayovsiz bostirgan, 700 dan ziyod odam, jumladan, prezidentlikka nomzodlar qamoqqa olingan edi.

Minsk, 11 aprel 2011
Minsk, 11 aprel 2011

19 dekabrgi saylovda davlatni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Lukashenko mutlaq g’olib deb e’lon qilingan.

Oktyabrskaya bekatiga borgan Lukashenko Vazirlar Mahkamasida favqulodda yig'ilish o'tkazgan.

Prezident voqea ortida turganlarni butun mamlakatni titib chiqib bo'lsa ham topishga va'da bergan.

Muxolifat xavotiri shuki, Lukashenko bu xurujni qalqon qilib, endi har qanday guruh, faollarni yo'q qilishi mumkin.

Minsk, 11 aprel 2011
Minsk, 11 aprel 2011

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG