Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o’tgan yilning dekabrida hukumatga qarshi namoyishlarda qatnashib, qamalgan to’rt faolni avf etgan.
2010-yilning oxirida prezident saylovlarida Lukashenko g’olib, deb e’lon qilingach, mamlakatda namoyishlar boshlangan, biroq birpasda kuch bilan bostirilgan edi.
Xalqaro hamjamiyat saylovni ham, yuzlab odamlar qamalganini ham tanqid qilib chiqqan edi.
Aleksandr Lukashenko Belarusni 1994 yildan beri boshqarib keladi.
Biroq mamlakatdagi iqtisodiy tanazzul va tobora oshib borayotgan aholi noroziligi bois u G’arb bilan murosa qilib, sanksiyalardan qutulishga harakat qilmoqda.