Breaking News

Yevropa Ittifoqi Belarus va Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi


Yevropa Ittifoqi Belarus va Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi
Yevropa Ittifoqi Belarus va Eronga qarshi sanksiyalarni kuchaytirdi

Yevropa Ittifoqi Eronda inson huquqlari buzilishda davom etayotganiga ishora qilib, bu davlatga oldin qo'yilgan sanksiyalarni kengaytirgan.

Eronlik 29 rasmiy qora ro'yxatga olinib, Yevropadagi mulklari muzlatilgan, qit'aga kirishi taqiqlangan.

Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeygning aytishicha, bu sanksiyalarning Eron yadro dasturiga aloqasi yo'q, inson huquqlarining poymol etilishiga qarshi choradir.

Yevropa Ittifoqi Belarusni ham sanksiyalar bilan siylamoqda.

Prezident Aleksandr Lukashenkoni siyosiy mahbuslarni ozod etishga undash maqsadida hukumatga aloqador 192 shaxs va 16 rasmiyning Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlardagi mulklari muzlatilib, viza olishi cheklangan.

O'tgan oy Yevropa Ittifoqining inson huquqlariga mas'ul rasmiysi Tomas Xammarberg va Polsha Tashqi ishlar vaziri Radek Sikorski Belarus muxolifati bilan uchrashib, ularga yordam va'da qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG