Breaking News

Blinken: G’azoda xavfsizlik vakuumi bo’lmasligi kerak


AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtonda yetakchi tahlil markazlaridan bo’lgan Brukings institutida intervyu berdi
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtonda yetakchi tahlil markazlaridan bo’lgan Brukings institutida intervyu berdi

Isroil G’azo janubidagi Rafah shahrida XAMASga qarshi amaliyotini kuchaytirar ekan, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu harakatning harbiy salohiyati deyarli yo’qqa chiqarilganini bildirdi.

Xalqaro hayot - 2-iyul, 2024-yil - Britan musulmonlari kimga ovoz bermoqchi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:59 0:00

"XAMAS terrorchi armiyasini yo’q qilish bosqichining oxiriga yetyapmiz. Uning qoldiqlariga zarba berishda davom etamiz”, - dedi u.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken XAMAS harakatini Prezident Jo Baydenning otashkesim haqidagi taklifini qabul qilishga yana bir bor da’vat etdi. Blinken Vashingtonda yetakchi tahlil markazlaridan bo’lgan Brukings institutida intervyu berib, urushdan keyin G’azoni qayta qurish va sektorda xavfsizlikni o’rnatish xususida fikr bildirdi.

“Nazarimda Prezident Bayden olg’a surgan taklifga erishsa bo’ladi. G’azoda zo’ravonliklarni to’xtatishning, yordam ko’lamini oshirishning, garovdagi barcha odamlar, jumladan amerikaliklarni uylariga qaytarishning eng tez yo’li shu”, - dedi u.

Isroilning G’azodagi harbiy harakatlari va AQShning Isroilga yordamidan norozi odamlar Brukings instituti tashqarisida namoyish qildi.

Blinken urush yakunida G’azoda bo’shliq bo’lmasligi kerakligini aytdi.

“G’azoni boshqarish, xavfsizlikni ta’minlash, insonlarga vayron bo’lgan hayotlarini qayta qurish uchun aniq, izchil, erishish mumkin bo’lgan reja bo’lishi kerak”, - dedi Blinken.

Bu o’rtada Isroil G’azodagi al-Shifo kasalxonasining noyabr oyida qo’lga olingan direktorini dushanba kuni qamoqxonadan ozod etdi.

"Bizni qattiq qiynashdi, jimjalog’imni sindirishdi, boshimga bir necha bor urib qonatishdi. Isroil qamoqxonalarida deyarli har kuni qiynashadi”, - dedi Muhammad Abu Selmiya.

Isroil qamoqxonalar xizmati qiynoqlarga solish haqidagi da’volardan xabari yo’qligini, mahbuslar shikoyat qilish huquqiga ega ekanini va shikoyatlari ko’rib chiqilishini bildirdi.

Isroil askarlari al-Shifo kasalxonasida o’tgan yil reyd o’tkazib, XAMAS undan qo’mondonlik markazi sifatida foydalanganini da’vo qilgan. XAMAS Isroil da’vosini inkor etgan.

Abu Selmiya bilan birga shu kuni yana taxminan 50 falastinlik qamoqdan chiqarildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG