Breaking News

Kameralar terror hujumlarini bartaraf etishda yordam beradimi?


Ko'chalardagi kameralar/Street cameras
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:44 0:00

Ko'chalardagi kameralar/Street cameras

Amerikaning Boston shahridagi xurujlar ketidan, ko’chalarda ko’proq kuzatuv kameralarini o’rnatish yuzasidan bahslar avj olmoqda.
Kameralar terror hujumlarini bartaraf etishda effektiv vositami?/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:41 0:00
Yuklab oling

Bunday kameralar soni bo’yicha dunyoda yetakchi o’rinni egallaydigan Britaniyada bu mavzu azaldan muhokamada. Xo’sh, ular jinoyatni bartaraf etishda effektiv vositami? Xavfsizlik va erkinlikni qanday muvozanatlash mumkin?

Federal qidiruv byurosi Bostondagi portlashdan uch kun o’tib, unga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslarning videotasmaga tushirilgan tasvirlarini ommaga havola etdi.

Byuroning sobiq maxsus agenti Piter Axernga ko’ra, videokameralar tergov jarayonining asosiy qurollaridan.

“Har qanday fojia yuz berganda birinchi savol: Voqea tasmaga tushganmi? Videosi bormi? Ehtimol ko’chadagi bankomat kamerasi yozib olgandir. Tergovchilar bunga alohida ahamiyat qaratadi”, - deydi u.

2007-yilgi hisoblarga qaraganda, Boston shahrida 147 kuzatuv kamerasi doimo ishlab turadi. Avtobus va metroda yana 400. Xususiy jihozlar bundan mustasno.

Ayrimlar Londonni namuna sifatida ko’rsatib, ko’chalarda kameralar sonini oshirishga chaqiryapti.

2005-yilning yozida London transport tizimiga hujum uyushtirgan terroristlar shaxsini aniqlash va topishda temir yo’l vokzallarida o’rnatilgan sistemalar hal qiluvchi rol o’ynagan.

Ular xavfsizlik xizmatlari va politsiya qo’lida kuchli qurol, deydi parlament a’zosi Filip Deyvis.

“Jinoyat ro’y berganidan keyin javobgar shaxslarni aniqlab topish bo’ladimi, qora ro’yxatga tushgan odamlar qayerda va nima bilan mashg’ul ekanini aniqlash bo’ladimi, bunday jumboqlarni yechishda kameralarning o’rni beqiyos”.

Turli hisoblarga ko’ra, Britaniya ko’chalarida hozir 2 milliondan 4 milliongacha kuzatuv kamerasi bor. Nik Pikls - fuqaro huquqlarini himoya qiluvchi tashkilot xodimi.

“Jinoyatni oldini olish haqida o’ylashimiz kerak. London shahrida ro’y bergan voqealardan bilamizki, videokameralar jinoyatchilar uchun to’siq emas, jinoyat sur’atini kamaytirishda ham ulardan foyda yo’q. Mana Bostonda ham shuni ko’rdik, kameralar bo’lgani bilan portlash baribir ro’y berdi”, - deydi u.

“Amerika Ovozi” londonliklarga mikrofon tutdi:

“Juda ko’p jinoyatlar hal bo’layapti, kamera bo’lgani yaxshi”, - deydi londonlik.

“Bo’lgani yaxshi-yu, lekin vaziyatga qarash kerak. Ba’zida politsiya tekshiramiz deb oshirib yuboradi”, - deydi yana bir fuqaro.

Federal qidiruv byurosining Boston bo’limi agenti Richard Deloriye aka-uka Tsarnayevlarni topishda omma yordamiga tayanilganini aytadi.

“Bir asrdan oshibdiki, oddiy odamlar bizning ko’zimiz va qulog’imiz. Ommaviy axborot vositalari ko’magida tasvirlarni bir zumda millionlab xonadonga tarqatamiz”.

Xavfsizlik idoralarining qayd etishicha, Boston va Londondagi kabi terror xurujlarini bartaraf etishda avvalo ogohlik eng muhim faktor.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG