Breaking News

Obama hamdardlik bildirdi, Tramp fikricha esa Kuba diktatordan qutuldi


Gavana ko'chalarida
Gavana ko'chalarida

Kubaning uzoq yillik rahbari Fidel Kastro 90 yoshida vafot etdi. Uning davrida bu davlat bilan aloqani uzgan, uni kommunistligi uchun jazolagan AQSh qanday munosabat bildirdi?

AQSh rahbari Barak Obama Kuba xalqiga hamdardlik bildirib, o'tmishdan saboq olgan holda kelajakka umid bilan qarashga undadi. Amerika Kuba bilan rishtalarni yaxshilashda davom etadi, deydi u. Kommunist orol-davlat va Qo'shma Shtatlar yarim asr aloqa qilmay keldi. Bu yilning mart oyida Obama Kubaga safar qilib, uning rahbariyati va xalqi bilan muloqot qildi. Hamkorlik astalik bilan yo'lga qo'yila boshlagan.

AQShning Gavanadagi elchixonasi qayta ochilgan. 1959-yildan beri muzlab qolgan aloqalar bugun ancha iligan va Vashington Kuba bilan muloqotni kengaytiraveradi, deya bildirmoqda AQSh Davlat departamenti. Kelajak hamjihatlik va do'stlikda, tinchlik va farovonlikda, deyiladi departament bayonotida.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp 2017-yilning 20-yanvarigacha ishga tushmaydi. Lekin o'z "Twitter" sahifasida u Kubaning yarim asrlik rahbari Fidel Kastro o'limini zolim diktatorning yakuni deb atadi. Kastro o'z xalqini deyarli 60 yildan beri ezib kelayotgan tuzum lideri edi, deydi Tramp. U bu kommunist davlat bilan qanday munosabatda bo'ladi, hozircha mavhum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG