Breaking News

AQSh Markaziy Osiyoga e'tibor, moliya va axborot uzatishni oshirsin, deydi ekspertlar


Jons Xopkins Universitetida Moskvaning qo'shnilarga nisbatan siyosati, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va G'arbning javobi muhokamada.
Jons Xopkins Universitetida Moskvaning qo'shnilarga nisbatan siyosati, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va G'arbning javobi muhokamada.

Vashingtonda yangrayotgan fikr shuki, Rossiya qo’shni kichik davlatlarning suverenitetini tan olmaydi. Shunday ekan, deya ishonch bildiradi ayrim ekspertlar, Markaziy Osiyo o’lkalarining hududiy yaxlitligi va erkinligi tahdid ostida.

Holbuki, regionda Qo’shma Shtatlar bilan ishlashga, Kremlga bog’lanib qolmaslikka xohish kuchli. Amerika bu mintaqaga e’tibor-sarmoyani, axborot uzatishni oshirishi kerak, deydi siyosatchilar. Jons Xopkins Universitetida (Johns Hopkins University) ana shu haqda davra suhbati o'tdi.

Ukraina va Gruziyadagi ssenariydan ayonki, Kreml uchun hududlarni yorib o’tish hech gapmas, deydi tahlilchi Stiven Blank (Stephen Blank), Amerika Tashqi siyosat kengashi eksperti. Moskva o’zini imperiya sifatida ko'radi. Rossiyaning talablari shuki, uning tevaragidagi davlatlarni NATOga yoki Yevropa Ittifoqiga chorlashmasin; nodavlat tashkilotlari demokratik da’vatlari bilan boshni og’ritmasin.

Afg’onistonda toliblar yoki “Islomiy davlat” bosh ko’tarishi bahonasida Rossiya Markaziy Osiyoga qo’shin jo’natishga ham shay turibdi, deydi Blank.

Xo’sh, nima uchun BMT, xalqaro hamjamiyat biror narsa qilmayapti? Rossiyani to’xtatib qolmayapti? Chunki a’zo davlatlar kim bo’lsa BMT ham shunga yarasha harakat qiladi, deydi Stiven Blank. U BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya o’tirganini, veto huquqiga ega ekanini eslatadi. Uning ta’kidlashicha, xalqaro xavfsizlik tizimi qulab bormoqda. Shunday ekan, nima qilmoq zarur?

Birinchidan, deydi tahlilchi, agressiyaga yo’l qo’ymaslik kerak. Hech bir tomondan. AQSh Iroqda xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa, Rossiya bugun istaganini qilishi mumkin degani emas.

Ikkinchidan, Amerika Markaziy Osiyoda aniq reja asosida ish ko’rishi kerak. AQSh mintaqaga qanchalik ahamiyat qaratayotganini u yerda qancha mablag' sarflanayotganidan bilish mumkin, deydi Stiven Blank, juda oz.

Ukraina hanuz urush domida, deydi ekspert. Demak, AQSh Yevropada qo’shinlar va qurollar sonini oshirishi lozim. NATOning Yevropadagi infratuzilmasini ta’mirlash kerak. A’zo mamlakatlar NATO faoliyati uchun ko’proq hissa qo’shsin, chunki Yevropaning o’zida kechayapti bu urush. Ukraina armiyasini ta’minlab, mashqdan o’tkazish ham ustuvor masalalardan, deydi u. Blank Rossiyaga kuchliroq sanksiya qo’yish tarafdori, ayniqsa, energetika sohasida.

Yana bir muhim vazifa, deydi olim, AQShning xalqaro tele-radio tizimlarini keskin kengaytirish kerak. “Amerika Ovozi” va "Ozodlik" singari axborot vositalari Markaziy Osiyoda, Rossiyada, rusiyzabon hududlarda ko’proq ma’lumot uzata boshlasin. Haqiqatni yoritadigan manbalar kengroq qanot yozsa, jamoatchilikning fikri ham o’zgara boshlaydi, deydi Blank.

Rossiya va Markaziy Osiyoda muqobil axborot vositalari kam, haqiqiy raqobat muhiti yaratish kerak, deydi olim. AQShning Rossiyaga nisbatan siyosati muzokara bilan cheklanmay, konkret choralarni o'z ichiga olishi lozim, deb hisoblaydi Blank.

Bu ekspertning aytishicha, Rossiya hozir, ayni paytda Markaziy Osiyoga harbiy tahdid solayotgani yo’q. Butun e’tibori Ukrainada. Biroq Afg’onistonda biror xavf avj olsa, Kreml regionga qo’shin tortishini, harbiy chora ko’rishini avvaldan aytib kelgan. Chunki Moskva Afg’onistonda xalqaro hamjamiyat qilayotgan ishlarni samarali deb bilmaydi va mamlakatni tiklab bo’lmas bir makon deb ko'radi.

Gudzon tahlil markazidan Richard Vaytz (Richard Weitz) deydiki, Rossiya ixtiyorida Markaziy Osiyoga ta’sir qilishning boshqa yo’llari bor. Birinchidan, Rossiya matbuoti regionda monopoliya o’rnatgan. Rus telekanallarisiz hayotni tasavvur qilish qiyin. Mintaqadan Rossiyaga borib ishlayotgan mehnat muhojirlari Kreml uchun boshqa bir vosita. Ukrainaga qo’shin kiritgan bo’lsa, Moskvaning oldida boshqa biror chora qolmagan edi, deydi Vaytz.

Bu olimning aytishicha, Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyadan mustaqil bo’lishni xohlaydi. Ular Amerika bilan ishlashga xayrixoh, shu bois Qo’shma Shtatlar regionga ko’proq e'tibor berishi, ko’proq sarmoya kiritishi kerak, deydi Vaytz. Ta'limiy dasturlarni ham kengaytirish va ko'paytirish kerak.

Markaziy Osiyo mamlakatlari ko’pvektorli siyosat yuritishga harakat qilayapti. Xitoy, Rossiya, AQSh, Yevropa Ittifoqi o’rtasida muvozanat saqlashga urinayapti. Moskva ularni qanchalik siquvga olmasin, Markaziy Osiyo o’lkalari betaraf qolishga intilayapti. O’zbekiston, masalan, shu bois ham Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini tark etdi, deydi Blank. Toshkent endi G’arbning harbiy bazasiga mezbon bo’lmoqchi bo’lsa, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti a’zolaridan ruxsat so’rab o’tirmaydi. Boshqa tomondan, O'zbekiston chet el qo'shinlari joylashishini taqiqlovchi qonunga ham ega.

AQSh Markaziy Osiyoga e'tibor, moliya va axborot uzatishni oshirsin-Nasiba Tohir reportaji
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:12 0:00

Muloqotni ingliz tilida to'liq holda tinglashingiz ham mumkin:

Stephen Blank on Moscow's new security architecture
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:23 0:00
Marik String on remnants of European security architecture
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:12:05 0:00
Richard Weitz on Moscow's proposed security arrangement
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:22 0:00
What should be the US response to Moscow's new security arrangement? Comments from Stephen Blank, Richard Weitz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:21 0:00
What options do Central Asian states have? Comments from Stephen Blank, Richard Weitz, Marik String
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:34 0:00
Passive admission of Moscow's zone of influence? Comments from Stephen Blank, Marik String, Richard Weitz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:13 0:00
Is there immediate threat from Russia in Central Asia? Comments from Stephen Blank, Richard Weitz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:22 0:00
Marik String and Stephen Blank on fragility of international security system
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:11:18 0:00

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG