Breaking News

Ko'plab umidlar puchga chiqdi, lekin Markaziy Osiyo tinch, deydi amerikalik olim


Pope Francis (R) and Catholicos of All Armenians Karekin II Armenia release white doves in front of Mount Ararat after a ceremony at the Khor Virap monastery.
Pope Francis (R) and Catholicos of All Armenians Karekin II Armenia release white doves in front of Mount Ararat after a ceremony at the Khor Virap monastery.

Markaziy Osiyo davlatlarining taraqqiyot yo’lini o’rganib kelayotgan g’arblik olimlar deydiki, milliylikka haddan ziyod e’tibor regional integratsiyaga to’siq bo’lib, qardosh xalqlarni bir-biridan uzoqlashtirgan.

Diktatura changalida bo’lsa-da, Markaziy Osiyo tinch, deydi amerikalik olim/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:05 0:00

O’zlik mafkurasi davlatchilikni mustahkamlash uchun zarur deb ko’rilsa-da, xalq farovonligini va mintaqaviy birdamlikni oshirish uchun xizmat qilayotgani yo’q.

Amerika ilmiy doiralarida Sovet Ittifoqining qulashi turli sabablar bilan izohlanadi. Xususan, imperiya iqtisodiy tizimi uzoq muddatda inson farovonligini ta’minlay olmasligi va ichidan yemirilishi aniq edi; G’arb bilan qurol poygasi iqtisodni barbod qildi va ittifoq bo’ylab taraqqiyot darajasi nomutanosib edi.

Tuzum qulagach Markaziy Osiyo respublikalari mintaqaviy kuch bo’lib dunyo sahnasiga chiqishi kutilgan edi. Ayrim tadqiqotchilar qardosh xalqlar mustaqil bo’lgach hatto konferedatsiya bo’lib birlashadi deb bashorat qilgan.

Shimoli-sharqiy Illinoys universiteti professori Rassel Zanka (Russell Zanca) qariyb chorak asrlik tarixni varaqlab deydiki, bu davr mobaynida umumiy manfaatlarga asoslangan ittifoq tomon izchil sa’y-harakatlar bo’lganini ko’rmadik.

Sobiq kommunist rahbarlar bir davraga o’tirib, integratsiya g’oyasini muhokama qilishdan nariga o’tmadi. “Turkiston – umumiy uyimiz” shiori ostida imzolangan hujjatlar va tuzilgan tashkilotlar amalda natija bergani yo’q.

Aksincha, yakkahokimlikka asoslangan tuzumlar milliylik g’oyasini olg’a surdi, o’zlik mafkurasini kuchaytirishga zo’r berdi.

Jorj Vashington universitetida davra suhbati qilgan Rassel Zanka - antropolog. U 1990-yillarda O’zbekistonda yashab, dehqonlar hayotini, xususan paxtachilik sohasini yaqindan o’rgangan va kitoblar yozgan.

“Istiqlolga erishgan mamlakatlar sovetcha tuzum va merosdan iloji boricha tezroq qutulishga intiladi degan tahlillar xato bo’lib chiqdi”, - deydi olim. Stalin davrida tortilgan chegaralar, etnik guruhlarni bir-biridan ajratish uchun barpo etilgan to’siqlar bugungacha joyida qolayotgani bunga dalil.

Zankaning kuzatishicha, ittifoq qulaganigan chorak asr o’tgan bo’lsa-da bu jamiyatlardagi har kungi hayot, yurish-turish, byurokratik madaniyat o’sha davrni eslatib turadi.

Qizig’i, deydi u, odamlar kommunistik tuzumda yashamayotganidan mamnun, lekin o’sha davrda olgan bilimi va tarbiyasi bugungacha asqatayotganini g’urur bilan tilga oladi.

“Mustaqillik yillarida Markaziy Osiyo rahbarlari davlatchilik, barqarorlik va xavfsizlikni demokratiya va erkin fikrdan ustun qo’yib keldi”, - deydi Zanka. Vaholanki, millatchi va izoyatsion siyosatni chetga surib, chegaralarni ochib, erkin faoliyatga yo’l ochilganda edi aholi bugun to’qroq hayot kechirayotgan bo’lardi.

Istiqlolga erishgan mamlakatlar sovetcha tuzum va merosdan iloji boricha tezroq qutulishga intiladi degan tahlillar xato bo’lib chiqdi

Mintaqa doirasida faoliyat yuritayotgan uyushmalar, jumladan bojxona ittifoqi va Shanxay hamkorlik tashkiloti ham integratsiya nuqtai nazaridan zaif. Tabiiy resurslar, ekologik muammolar, suv taqsimoti va chegara mojarolarini hal qilishda ular respublikalarni hamkorlikka chorlay olgani yo’q, deydi olim.

Shu bilan birga, Rassel Zanka diktaturalar hukmron region nisbatan tinch va barqaror rivojlanayotgani, davomiy qonli urushlar girdobiga tortilmaganini qayd etadi. Albatta, Tojikistondagi fuqaro urushi, Qirg’izistonda ro’y bergan etnik nizolar va Andijon fojeasini yodga olmay iloj yo’q, lekin qardosh xalqlar o’rtasida ziddiyatlar qonli nuqtaga yetgan hollar ko’p emas.

Istaymizmi, yo’qmi, deydi antropolog olim, Markaziy Osiyo rahbarlari olib borayotgan qattiqqo’l siyosat barqarorlikni saqlashga hissa qo’shayotganini tan olish kerak.

XS
SM
MD
LG