Breaking News

AQShda Demokratlar partiyasi qurultoyining 3-kuni tafsilotlari


Demokratlardan vitse-prezidentlikka nomzod Tim Uolz oilasi bilan partiya qurultoyi delegatlarini olqishlamoqda, Chikago, 21-avgust, 2024-yil
Demokratlardan vitse-prezidentlikka nomzod Tim Uolz oilasi bilan partiya qurultoyi delegatlarini olqishlamoqda, Chikago, 21-avgust, 2024-yil

AQShda Demokratlar partiyasi qurultoyining 3-kunida Minnesota gubernatori Tim Uolz partiyadan vitse-prezidentlikka nomzodlikni rasman qabul qildi.

Xalqaro hayot - 22-avgust, 2024-yil - Tolibonga qarshi kuchlar kim?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:12 0:00

Syezd delegatlarining aksariyati uchun bu Uolz bilan tanishishga ilk imkon bo’ldi.

“Men Nebraska shtatining 400 kishilik Batt qishlog’ida voyaga yetganman. Yuqori sinfda 24 ta bola edik. Birortamiz Yel universitetiga kirmadik. Ammo bunday kichik joyda katta bo’lsangiz, g’amxo’rlikni o’rganasiz”, - dedi Uolz nutqida respublikachilardan vitse-prezidentlikka nomzod Jey Di Vensga sha’ma qilib.

Vens ham kichik joydan chiqqan, Yel universitetida o’qigan.

Uolz sobiq harbiy, o’qituvchi va basketbol bo’yicha murabbiy. O’tmishdagi bu faoliyati uni siyosatga tayyorlashda yaxshi maktab bo’lganini aytadi.

“Jamoamdagi o’yinchilar, talabalarim meni Kongressga nomzodimni qo’yishga ruhlantirishdi. Ular menda men ularga singdirmoqchi bo’lgan xislatlarni ko’rishdi – yaxshilikka intilish, hammamiz bir xil vaziyatda ekanimizni tushunish, hatto bir kishi ham qo’shnilari uchun yaxshilik qila olishiga ishonish”, - dedi Uolz.

So’zga chiqqan notiq delegatlar ayollarning abort huquqlari, ekologiya muammolari, chegara xavfsizligi kabi saylov mavsumidagi muhim mavzular haqida gapirdi.

“Kamala Harris xalqqa, narigi nomzod esa oldingidan ham ko’proq o’ziga xizmat qiladi”, - dedi AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton.

Klinton 1972-yildan beri Demokratik partiyaning har bir qurultoyida qatnashib keladi.

“Kamala Harris muammolarni hal qilishga harakat qiladi, imkoniyatlardan foydalanadi, xavotirlarimizga barham beradi, amerikalikka saylovda qanday ovoz berishidan qat’i nazar, Harris ularga orzusiga talpinishiga imkon beradi”, - dedi u.

Delegatlarga 2021-yil 6-yanvarida Tramp tarafdorlarining Kapitoliyga yurishi haqida film namoyish etildi.

"6-yanvar kuni kim demokratiyaga hujum qilganini unutmaylik. U hujum qildi. Demokratiyani kim saqlab qolganini unutmaylik. Biz saqlab qoldik”, - dedi Vakillar palatasining sobiq spikeri Nensi Pelosi Trampni nazrda tutib.

Payshanba qurultoyning so’nggi kuni, prezidentlikka nomzod Kamala Harris delegatlarga murojaat qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG