Breaking News

Demokratlar syezdi boshlandi


Bugun AQShning Shimoliy Karolina shtatida Demokratik partiya syezdi boshlandi. Sharlott shahridagi uch kunlik yig’inda amaldagi rahbar Barak Obama prezidentlikka nomzodlikni rasman qabul qiladi.

Marosim 74 ming o’rinlik katta stadionda o’tmoqda. Demokratik partiyadan minglab delegatlar yetib kelishda davom etar ekan, rasmiylar anjuman qurultoylar tarixida eng “ochiq va qulayi” bo’ladi, deya va’da qilmoqda.

Syezd tashkilotchisi Stiv Kerrigan jamoatchilik uchun eshiklarimiz ochiq, deydi. “Yig’inni rejalar ekanmiz, asosiy e’tiborni ana shunga qaratdik. Qulaylik Amerika xalqi uchun ustuvor masala”, - deydi u.

Tadbirga kela olmaganlar uchun mana bir necha oydirki, internet sahifa ishlab turibdi va barcha chiqishlar oylayn tarzda global tarmoqda uzatiladi.

Obamaning saylov kampaniyasi matbuot kotibi Ben LaBolt so’zlariga ko’ra, iqtisodiyotni ko’tarish qurultoyda bosh mavzu bo’lishi kutilmoqda.

“Minbarga chiqqan har bir arbob o’rta sinfning moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilash, umuman, iqtisodiyotni ko’tarish haqida to’xtaladi. Prezident nafaqat hozirgi sharoit, balki kelgusi rejalari borasida atroflicha so’zlaydi, chunki bugun amerikaliklarni qiynagan asosiy mavzu shu”, - deydi LaBolt.

Payshanba kuni syezdning uchinchi kunida prezident Obama nomzodlikni qabul qiladi.

Reytinglarda u Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Mitt Romni bilan deyarli teng ketmoqda.

Saylovchilar ko’ngliga yo’l izlar ekan, Obama Ogayo shtatining Toledo shahrida avtomobilsozlik sohasi ishchilari bilan ko’rishdi. Avtomobil sanoati yana oyoqqa turayotgani yutug’imizdir, dedi prezident.

“Amerika mehnatkashlarini, ishlab chiqaruvchilarini qo’llab-quvvatladim. Mehnatkashlar irodasi va kuchiga ishondim. Muvaffaqiyat qozonishingizga shubham yo’q edi. Natijada uch yil oldingi muammolarni yengib, samarasini ko’rayapmiz ana”, - dedi Barak Obama.

Kecha u, shuningdek, o’tgan hafta Ayzik to’fonidan talofat ko’rgan Luiziana shtatida ham bo’ldi.

Shimoliy Karolina demokratlar syezdiga mezbon/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:08 0:00
Yuklab oling


“Luiziana ahli irodasi, sabr-toqati bilan mashhur. Missisipi ahli ham aynan shunday. Ular og’ir damlar nimaligini biladi va hamisha qayta oyoqqa turib kelgan”, - dedi prezident.

Missisipi va Luiziana toshqin asoratlari bilan olishmoqda. Ofat sakkiz kishini hayotdan olib ketgan, yuz minglab xonadonlarda elektr toki yo’q.

Prezident Obama bugun Virjiniya shtatida saylov oldi targ’ib ishlari bilan band.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG