Breaking News

O’zbekistonda yana yer qimirladi


O’zbekistonda yana yer qimirladi
O’zbekistonda yana yer qimirladi

O’zbekistonda bugun, 21 iyul kuni yana yer qimirlagan.

IA REGNUM axborot agentligi xabariga ko’ra, kunduz soat 11 yarimlarda 3,6 ballik zilzila ro’y bergan.

Uning markazi Farg’ona viloyati Marg’ilon shahridan 33 kilometr uzoqda bo’lgan.

19 iyul kuni ham O’zbekiston-Qirg’iziston chegarasida yer qattiq silkinib, 13 odam o’lgan, 80 dan ziyodi jarohat olgan edi. Qo’shni davlatlar O’zbekiston xalqiga ta’ziya izhor etmoqda.

Vodiyning Bag’dod, Rishton va O’zbekiston tumanlari eng qattiq talofat ko’rib, ko’p uylar qulagan.

"Toshkent" seysmologik stansiyasi ma’lumotiga ko’ra, zilzila markazi Toshkentdan 235 kilometr nariga to’g’ri kelgan.

Andijon va Farg’ona viloyatlarida zilzila kuchi 5, Namanganda 4, Toshkentda 5 ballni tashkil etgan.

Qirg'izistonda yer silkinishi natijasida 600 dan ziyod binoga zarar yetgan, o'lganlar yo'q. Botken va O'sh viloyatlarida 200 ga yaqin imorat qulab tushgan, aholi uchun palatkalar o'rnatilgan.

O’zbekistonda shu paytgacha ro’y bergan zilzilalarning eng kuchlisi 1966 yilda bo'lgan. Poytaxt Toshkent o'shanda deyarli butunlay vayron bo’lgan, yuz minglab odam uy-joysiz qolgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG