Breaking News

Misrdagi prezident poygalarida dindor arbob oldinda bormoqda


16-17-iyunda navbatdagi poyga o’tib, g’olib 21-iyunda ma’lum bo’ladi
16-17-iyunda navbatdagi poyga o’tib, g’olib 21-iyunda ma’lum bo’ladi

Misrda o’tgan yilgi qo’zg’olondan keyin kechgan ilk prezident saylovlari dastlabki natijalari ayon bo’lmoqda.

Musulmon Birodarlar oqimidan nomzod Muhammad Mursi qator kuchli raqiblardan bir oz oldinda va ikkinchi bosqichga yo’llanmani oldi hisob.

Sobiq rahbar Husni Muborak qo’lida bosh vazir bo’lib ishlagan dunyoviy tizim tarafdori Ahmad Shafiq keyingi o’rinda.

16-17-iyunda navbatdagi poyga o’tib, g’olib 21-iyunda ma’lum bo’ladi.

Salmoqli ovoz to’plaganlar safida mo’tadil islomiy tizimga moyil Abdul Munim Abul Fotih ham bor. Uni ayrim liberallar, so’lchilar va nasroniylar ham yoqlamoqda. Sobiq tashqi ishlar vaziri Amir Musaning ham saylovchilar orasida nufuzi baland. Prezident kursisi uchun 12 arbob kurashmoqda.

Bu galgi reytinglarda dunyoviy va diniy boshqaruv tarafdorlari deyarli teng borayapti. O’tgan yilgi parlament saylovlarida Misrda aholining 70 foizi islomiy partiyalar tarafdorlarini tanlagan edi.

Misr 2011-yilda xalq qo’zg’oloni, Husni Muborakning iste’fosini boshidan kechirdi. Yangi rahbar zaif iqtisodiyot, sillasi qurigan turizm, keng ildiz otgan jinoyatchilik va ish tashlashlar kabi muammolarni hal qilishi kerak bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG