Breaking News

Musulmon olamiga hayit keldi


Pyu tadqiqot markazi hisobicha, bugun Qo’shma Shtatlarda 2,75 million musulmon yashaydi. Bu raqam o’tgan to’rt yilga qaraganda 400 mingga ko’p
Pyu tadqiqot markazi hisobicha, bugun Qo’shma Shtatlarda 2,75 million musulmon yashaydi. Bu raqam o’tgan to’rt yilga qaraganda 400 mingga ko’p

Musulmon olami muborak Ramazon oyini yakunlab, Iyd ul-Fitr – hayit ayyomini nishonlamoqda. Bu galgi ro’za va hayit Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada inqilob shukuhi kezayotgan pallaga to’g’ri keldi.

Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Qatar va Misr kabi davlatlarda hayit bugun. Markaziy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyoda esa ertaga.

Qo’zg’olon va to’qnashuvlar avj olgan Suriyada xalqaro bosim ostida qolayotgan prezident Bashar al-Assad xalqni qutlagan.

Misr
Misr

Liviya ko’chalarida bayramona kayfiyat, 42 yillik rahbar Muammar Qaddafiyni quvgan fuqarolar ko’zida yosh.

Misrda esa odamlar hayitni Husni Muboraksiz nishonlash boshqacha ekanini aytadi. 30 yillik zug’um va korrupsiyadan keyin eng baxtiyor damlar, eng zo’r hayit bu, deydi ular.

Xurujlar ko’payib, toliblar yana jonlangan Afg’onistonda esa prezident Hamid Karzay tinchlikka chorladi. “O’z vatanini barbod qilayotgan, o’z xalqiga qarshi qurol ko’targanlarni murosaga chaqiraman”, - deydi u.

Qo’shma Shtatlardagi kayfiyatga kelsak, bu davlatda yashovchi musulmonlar hayotidan mamnun. Pyu tadqiqot markazi o’tkazgan ijtimoiy so’rov natijalariga qaraganda, har 10 musulmondan sakkiz nafari baxtiyor.

Iroq
Iroq

Lekin, deydi markaz vakili Gregori Smit, rasmiylar, masalan, aeroport xodimlari tomonidan so’roqqa tutilib, kundalik turmushda haqorat bilan yuzlashayotganlar ham bor.

So’rovda qatnashgan fuqarolarning 81 foizi terror xurujlari va boshqa hujumlarga qarshi ekanini aytgan. 1 foizi fikricha, islomni himoyasi uchun qurol ko’tarishga ham to’g’ri keladi. Aksariyati nazarida AQShda din ahli ektremizmga qarshi yetarlicha kurashmayapti.

Pyu tadqiqot markazi hisobicha, bugun Qo’shma Shtatlarda 2,75 million musulmon yashaydi. Bu raqam o’tgan to’rt yilga qaraganda 400 mingga ko’p.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG