Bryusselda tashqi ishlar vazirlari darajasida “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” majlisi o`tgan. Inson huquqlari bo`yicha xalqaro hamkorlik tashkiloti Yevropa Ittifoqini inson huquqlari masalasida mintaqa davlatlari bilan keskin pozitsiyada gaplashishga chaqirmoqda. Tashkilot xususan O`zbekistonga e`tibor qaratib, blokni irodasiz siyosatda tanqid qilmoqda.
Respublika Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov esa shu kuni Londonda uchrashuvlarda edi. 22-noyabrgacha davom etadigan safarda Komilov Britaniya vazirliklari, parlamenti, shuningdek Londondagi jamoatchilik bilan muloqotlar o`tkazadi.
Yevropa Ittfoqining bayon qilishicha, bugungi majlisda xavfsizlik va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilingan. Unda Qozog`iston, Qirg`iziston va Tojikiston tashqi ishlar vazirlari, O`zbekiston va Turkmanistondan esa vazirlik rasmiylari qatnashgan.
Blokning Taraqqiyot masalalari bo'yicha vakili Andris Piyebalgs qayd etishicha, mintaqa rivoji uchun 1 milliard yevro miqdorida mablag' ajratiladi. U bilan turli iqtisodiy-ijtimoiy loyihalar qoplanadi, deydi rasmiy.
Brusselda asoslangan Inson huquqlari bo`yicha xalqaro hamkorlik tashkiloti nazarida Yevropa Ittifoqi bu davlatlar bilan konkret gaplashishi, erkinlik tarafdori bo'lsa, bu hukumatlarga aniq shartlar qo`yishi va o'z pozitsiyasida qat'iy turishi kerak. Aks holda, huquq va demokratiya haqida gaplashayapmiz deb blok faqat o'zini aldamoqda, deydi faollar.
Xaqaro tashkilotlar va mahalliy faollar Yevropa Ittifoqi inson huquqlariga oid vaziyatni yaxshilashda ta'sir etish qudratiga ega deb hisoblaydi. Gap siyosiy idora yetishmayotganida, deydi ular.
“Yevropa Ittifoqi muloqotga jiddiyroq kirishsa, inson huquqlari masalasida hech bo`lmaganda ozroq foizda bo`lsa ham o`zgarishlar qilinishi mumkin edi. Hozirgi vaziyatga ko`ra, Yevropa Ittifoqi o`z munosabatini aytadi. Unga javoban O`zbekiston tomoni mamlakatda qonunlar ustuvorligini, siyosiy mahbuslar yo`qligini, qamoqxonada o`tirgan faollarning barchasi jinoyatchilar deb aytish bilan cheklanadi. Men shundan xavotirdaman”, - deydi Fransiyada ro`yxatdan o`tgan “O`t yuraklar” inson huquqlari klubi rahbari Mo`tabar Tojiboyeva.
Yevropa Ittifoqi va O`zbekiston aloqalarida inson huququlari masalasida biror ijobiy o`zgarish bo'lishiga ishonch past.
Parijda joylashgan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti vakili Joan Bir deydiki, O'zbekistonda repressiv siyosat davom etayotganiga qaramay hukumatga nisbatan qo'yilgan sanksiylar bekor qilindi. Bu bilan Yevropa Ittifoqi o`z qadriyatlariga qarshi ish tutdi va tutmoqda, deydi Bir.
Yevropa Ittifoqi vakillari 8-noyabr kuni O`zbekiston bilan inson huquqlariga oid navbatdagi muloqotini o`tkazgan edi. Samarqandda tashkil qilingan bu majlisga O`zbekiston Adliya vaziri Nig'matilla Yo'ldoshev rahbarlik qilgan.
Yevropa Ittifoqining bildirishicha, inson huquqlari bo`yicha muammoli vaziyatlar munozara qilingan, ochiq gaplashilgan. Qamoqxonalardagi qiynoqlar, matbuot va so'z erkinligi va diniy huquqlar haqida fikr almashilgan. Fuqaro jamiyatini shakllantirish uchun nima qilmoq zarurligi xususida Yevropa arboblari o'z takliflarini kiritgan.