Breaking News

Yevropa, savdo hamkori, O'zbekistonga paxta bo'yicha shart qo'ymoqda


Olimpiyat Stadı (Londra 2012)
Olimpiyat Stadı (Londra 2012)

O'zbekistonda paxta terimi avjida. Kattayu kichik oq oltinni yog'ingarchilik boshlanmay turib yig'ib olish kerak deya dalaga olib chiqilmoqda.

Mana shunday tig'iz kunlarda Yevropa Parlamenti a'zolari O'zbekiston hukumatini bolalarni majburan ishlatayotganlikda ayblab, respublika bilan to'qimachilik bobida hamkorlikni cheklash kerak deya bong urmoqda.

Fransiyalik deputat Nikol Kiil-Nielsen taklifini parlamentning Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitasi a'zolari bir ovozdan ma'qullagan.

Nikol Kiil-Nielsen, fransuz qonunchi, O'zbekiston hukumati bolalarni majburlab paxtazorga olib chiqmasin deydi
Nikol Kiil-Nielsen, fransuz qonunchi, O'zbekiston hukumati bolalarni majburlab paxtazorga olib chiqmasin deydi

Bugun Bryusselda ko'rib chiqilgan hujjatda qayd etilishicha, O'zbekiston hukumati paxta terimida bolalar mehnatidan foydalanilmayotganini isbotlab, respublikada bu borada qabul qilingan qonunlar amalda aksini topib, yosh avlod sog'lig'i, ta'limi va maktabdan qolmasligi uchun konkret choralar ko'rilib, shuningdek, vaziyatni yaqindan kuzatish va tekshirish uchun xalqaro organlar, xususan Xalqaro Mehnat Tashkiloti va UNICEF (BMT Bolalar Jamg'armasi) mamlakatga bemalol kirib, ma'lumot ola bilsagina, hamkorlikni kengaytirish mumkin.

1999 yilda qabul qilingan Sheriklik va Hamkorlik Bitimi Yevropa Ittifoqi-O'zbekiston orasidagi asosiy savdo shartnomasidir. Qo'mita cheklov qo'ymasa, bu hujjat doirasida O'zbekiston o'z paxtasini pastroq tariflarda eksport qilishi mumkin edi. Respublika oq oltin eksportining chorak qismi Yevropaga to'g'ri keladi.

Tashqi aloqalar bo'yicha qo'mitaning bugungi majlisida Yevropa Ittifoqiga a'zo davlatlar O'zbekiston bilan bir pozitsiyadan turib muloqot qilishi kerak degan chaqiriqlar yangragan.

Yevropa, savdo hamkori, O'zbekistonga paxta bo'yicha shart qo'ymoqda
Yevropa, savdo hamkori, O'zbekistonga paxta bo'yicha shart qo'ymoqda

Inson huquqlari va fuqaro manfaatlari geosiyosiy maqsadlardan ustun qo'yilmay, ikkiyuzlamachilikka berilmagan holda aloqa yuritish lozim, O'zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan ochiq va dangal muzokara qilish kerak, deydi Yevropa qonunchilari.

Rasmiy Toshkent Bryusseldagi bu bayonot va qarorlarga nisbatan munosabat bildirmagan. Mamlakat paxta yetishtirishda dunyoda beshinchi, eksport bo'yicha esa uchinchi o'rinda turadi. Bolalar mehnati masalasi ko'tarilganida, rasmiylar shu kungacha qabul qilingan, jumladan bolalar ekspluatatsiyasini man etuvchi qonunchilikka ishora qiladi.

Yevropa Ittifoqi butun Markaziy Osiyo, jumladan O'zbekiston bilan aloqalarni kengaytirish maqsadida yangi strategiya ishlab chiqqan. Unga ko'ra, har bir hukumat bilan muntazam muzokaralar olib boriladi va o'zaro manfaatlardan kelib chiqib, hamkorlik qilinadi.

Xalqaro huquq tashkilotlari Ittifoqni huquq va demokratiya masalasini chetga surayotganlikda ayblasa, Yevropa rasmiylari buni rad etadi. Ijtimoiy va siyosiy erkinliklar targ'iboti davom etadi, deydi ular.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG