Breaking News

Yevropa Ittifoqi Gretsiyani iqtisodiy botqoqlikdan olib chiqmoqchi


Bryusseldagi muzokara
Bryusseldagi muzokara

Yevropa Ittifoqi Gretsiya tashqi qarzining yarmini kechishga hamda qolgan qismini yopish uchun jiddiy mablag' berishga qaror qilgach, jahon moliya bozorlari yana jonlanib, Germaniya va Fransiyada aksiyalar bahosi besh foizga ko'tarildi. Yevroning kursi ham bir oz oshgan. Osiyo bozorlarida esa jonlanish 2-3 foiz atrofida kuzatilgan.

Yevropa Ittifoqi 10 soatlik qizg'in muzokaradan so'ng shu qarorga keldi. Ittifoq rahbarlari Gretsiya iqtisodiyotiga pul tikkan banklar va sarmoyadorlarni pulining yarmidan o'tishga ko'ndirishga muvaffaq bo'ldi. Natijada mamlakat qarzi 140 milliard dollarga qisqardi.

Yevropa Ittifoqi prezidenti German fon Rompuyning aytishicha, bunday kelishuv evaziga Yevropa banklariga zararni yopishda yordam beriladi.

Ittifoq rahbarlari kelajakda bunday inqirozlarni hal etish uchun tuzilgan yordam jamg'armasidagi pulni 1,4 trillion dollargacha yetkazishga ham kelishib olgan.

Kelasi hafta Fransiyada sanoatlashgan 20 davlat rahbarlari uchrashib, global iqtisodiyotdagi muammolarni muhokama qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG