Breaking News

Qarzga botgan Yevropa har qachongidan birdam bo’lishi kerak


Gretsiyada soliq oshib, maosh kamayganidan aholi g'azabda
Gretsiyada soliq oshib, maosh kamayganidan aholi g'azabda

Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozo iqtisodiy vaziyat og’ir ekani bois qarzga botgan Yevropa har qachongidan birdam bo’lishi kerak, deydi.

Fransiyada Yevropa Parlamentiga murojaat qilgan Barrozo zaiflashgan yevrozonada moliyaviy o’tkazmalar uchun soliqlarni oshirishga undadi.

Bu soliq evaziga yiliga 75 milliard dollar jamlashimiz mumkin, deydi u.

Qarzga botgan Yevropa har qachongidan birdam bo’lishi kerak
Qarzga botgan Yevropa har qachongidan birdam bo’lishi kerak

Barrozo fikricha, yevro bilan muomala qiluvchi 17 davlat yevrobonalar, kredit qog’ozlari chiqarishi kerak.

Moliyaviy tanazzuldan chiqishning eng ma’qul yo’li shu, deydi u. Barrozo hozirgi tanglikni Yevropa Ittifoqi tarixida eng og’iri, deya ta’riflamoqda.

Biroq iqtisodiy jihatdan kuchli Germaniya, Filyandiya va Gollandiya nochor qo’shnilarga ortiqcha pul berishga qarshi ekanini aytib keladi.

Gretsiya va boshqa davlatlar mablag’ni mas’uliyatsiz ravishda sarflagan va buning uchun biz javob berishimiz shart emas, deydi ular.

Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozo
Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozo

Bu orada, Germaniya parlamenti bugun qo’shnilarga 593 milliard dollar ajratish taklifiga ovoz beradi. Yevrozonaga a’zo Finlyandiya tashabbusni nihoyat ma’qullagan.

Gretsiya qo’shnilar va xalqaro hamjamiyatdan pul olmasa kelasi oy defoltga uchrashi aniq.

Yevropa va Xalqaro valyuta jamg’armasi tez kunda Gretsiyaning sarfiyatni kamaytirish va soliqlarni oshirish choralarini ko’zdan kechiradi.

Baquvvat qo’shnisi Germaniyani ko’ndirish maqsadida Gretsiya Bosh vaziri Georgos Papandreu kecha kansler Angela Merkel bilan ko’rishgan.

“Tanazzul oldida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz, Yevropa yakdil va mustahkam bo’lib qolishini ta’minlashimiz zarur”, - dedi Gretsiya bosh vaziri.

Qarzga botgan Yevropa har qachongidan birdam bo’lishi kerak
Qarzga botgan Yevropa har qachongidan birdam bo’lishi kerak

Biroq tahlilchilar fikricha, nafaqat Gretsiya, balki Italiya va Ispaniya va Portugaliyani qutqarish uchun trillionlab dollar yordam kerak.

Qo’shma Shtatlar va jahon hamjamiyati 2007 yilgi tanglikdan o’ziga kelmagan Yevropa krizisi butun dunyoni ketidan tortib ketishi mumkin, deya xavotirda.

Vaziyatni tushungan Yaponiya Gretsiyaga yordam ajratishga rozi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG