Breaking News

"Ozodlik uyi": Yevrosiyoda demokratik jarayonlar ancha sust


"Ozodlik uyi" xaritasida yashil rangdagi davlatlar erkin; binafsha rangdagi davlatlar erkin emas; binafsha va chiziqli davlatlar esa ahvol tobora tomonlashayotgan mamlakatlardir; sariq rangdagi davlatlar esa qisman erkin
"Ozodlik uyi" xaritasida yashil rangdagi davlatlar erkin; binafsha rangdagi davlatlar erkin emas; binafsha va chiziqli davlatlar esa ahvol tobora tomonlashayotgan mamlakatlardir; sariq rangdagi davlatlar esa qisman erkin

Vashingtonda asoslangan “Ozodlik uyi” (Freedom House) Markaziy Yevropa va Yevrosiyoning 29 mamlakatidagi vaziyatni tahlil qilib, ularning yarmida demokratik jarayonlar juda sust, deya xulosa chiqargan.

“Yevrosiyodagi avtoritar tuzumlar odamlarni Ukraina kabi demokratiya sari siljish tartibsizlik, zo’ravonlik va qashshoqlikka olib keladi, deya ogohlantirmoqda”, - deydi tashkilot vakili Silvana Habdank-Kolajkovska.

Yevropa Ittifoqi va uning hamkorlari qit’ada demokratiya mezonlariga qattiqroq rioya qilinishni ta’minlashi kerak, deya undamoqda tashkilot.

“Ozodlik uyi” ga ko’ra, Rossiya tanqidiy fikrlovchilar ovozini o’chirish va Ukrainadagi vaziyatni beqarorlashtirish bilan ovora ekan, bu davlatga so’nggi 10 yildagi eng past baho berilmoqda.

Ukraina reytingi esa Viktor Yanukovichning korrupsiyalashgan hukumati ag’darilganidan keyin ikki pog’onaga ko’tarilgan.

Bolqon mintaqasida yetti davlatdan to’rttasida, shu jumladan Chernogoriya va Serbiyada mustaqil matbuot xavf ostida.

Markaziy va Sharqiy Yevropada reytingi ko’tarilgan yagona davlat – Chexiya. U yerda 2013-yilgi siyosiy to’polon va beqarorsizlikdan so’ng ahvol yaxshilangan.

“Ozodlik uyi”ga ko’ra, Belarus, Turkmaniston va O’zbekistondagi vaziyat o’girligicha qolmoqda. Ular reytingda eng quyi pog’onalarni egallagan.

Ozarbayjon, Qirg’iziston, Rossiya va Tojikistonda hukumat nodavlat tashkilotlarini siquvga olmoqda. Bu to’rt davlatning 2014-yilgi reytingi ham ilgarigidan pastroq.

Yevrosiyo mamlakatlari orasida 2014-yilda ilk bor mer saylovlarini o’tkazgan Gruziya hamda Ukrainada demokratiyaga oid vaziyat nisbatan tuzuk, deya bildirmoqda "Ozodlik uyi".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG