Breaking News

Biometrik texnologiya aeroportlarda ro’yxatdan o’tishni tezlashtiradi


Aeroportlarda biometrik texnologiya
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:45 0:00

Kaliforniya shtati, San-Fransisko shahrida yo’lovchilarni aeroport xodimlari bilan minimal aloqa qilgan holda samolyotga chiqarish texnologiyasi sinovdan o’tkazilmoqda. Bu pandemiya sharoitida sayohatlarni xavfsizroq qilishga yordam beradi.

Aeroport xodimlari yordamisiz registratsiyadan o’tish uchun yo’lovchi avvalo haydovchilik guvohnomasini skanerdan o’tkazadi.

“Hozircha bu sistemani ro’yxatdan o’tish, bagajni topshirish va samolyotga chiqish paytida qo’llayapmiz”, - deydi Sherri Stayn, ushbu texnologiyani yaratgan SITA kompaniyasi vakili.

Bu passajir va aeroport xodimlari o’rtasida o’zaro aloqani cheklaydi.

“Haydovchilik guvohnomangiz skanerdan o’tgan joyda rasmga ham tushasiz. Sayohatingiz davomida yuzni tanish texnologiyasi shaxsingizni, bortga chiqish taloningiz borligini tasdiqlaydi”, - deydi Stayn.

Tez-tez uchadigan yo’lovchilar tashabbusni oqlishlamoqda.

“Biznes uchun ko’p parvoz qilaman, yiliga 150 ming milya. Nazoratdan o’tish va registratsiyani tezlashtirish yo’li bo’lsa, albatta menga ma’qul”, - deydi Tom Pilsburi.

“To’liq yo’lga qo’yishsa hamma uchun hayot biroz osonlashadi”, - deydi yana bir yo’lovchi Minal Desay.

Shveysariyadagi SITA kompaniyasi yaratgan texnologiya allaqachon dunyoning boshqa aeroportlarida, jumladan, Afina, Pekin va Doxada qo’llanmoqda. AQShda esa ichki reyslar uchun birinchi bor sinab ko’rilyapti.

“Mahalliy yo’lovchilar uchun shunday imkoniyat yaratildi. AQShda ichki reyslar bozorning 80 foizini tashkil etadi”, - deydi Stayn.

Yangi sistema pandemiya paytida xavfsiz sayohat qilishdan tashqari aeroportlarda uzun navbatlarni ham qisqartirishi mumkin.

“Albatta, foydali texnologiya. Qulay va odamlar orasida muloqotni kamaytiradi”, - deydi iste’molchilar huquqini himoya qiluvchi “Consumer Reports” tashkiloti vakili Jastin Brukman.

Uning aytishicha, xavotirlar ham mavjud.

“Xavotirlar asosan ma’lumot xavfsizligi va o’g’rilik bilan bog’liq. Oxirgi paytlar xakerlik hujumlari haqida ko’p eshityapmiz. Biometrik ma’lumotlar xakerlar qo’liga tushsa, yuzingiz va barmoqlaringiz izini yangilay olmaysiz. Hozirda biometrik ma’lumotlarni soxtalashtirish hollari ham uchrayapti”.

Bruk deydiki, aeroportda odamlardan olingan ma’lumot keyinchalik qanday qo’llanishi jiddiy masala. SITA kompaniyasiga ko’ra esa passajirlar haqidagi shaxsiy ma’lumotlar parvozdan so’ng avtomatik ravishda aeroport kompyuterlaridan o’chiriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG