AQSh hukumati import qilinayotgan oziq-ovqat xavfsizligiga doir talablarni oshirmoqchi. Agar bu qoida amal qila boshlasa, importyor, xuddi mahalliy firmalar kabi, salomatlik uchun zararli mahsulot sotgani uchun javobgarlikka tortiladi.
Amerika oziq-ovqatning 15 foizini 150 mamlakatdan import qiladi. Bu rasmiy raqamlar.
Hozir bu mahsulotning bor-yo’g’i ikki foizi chegarada maxsus tekshiruvdan o’tadi. Endilikda bu hol o’zgaradi, deydi Oziq-ovqat va dori-darmon nazorati uchun mas’ul idora rasmiysi Maykl Teylor:
“Muhim o’zgarish yuz bermoqda. Maqsad – muammolarning oldini olish. Sanoat bu yo’lda qanday choralar ko’rayotganini xatlab boramiz”.
Teylor deydiki, yangi talablarga ko’ra, mahsulotni import qilayotgan taraf butun zanjirni tekshirib chiqishi kerak – fermalardan do’kon rastalarigacha - va tahdidni aniqlashi lozim. Kompaniyalar xavfni bartaraf etish uchun ko’rilgan choralarni qayd etib boradi.
Yangi talablar nafaqat Amerika, balki boshqa mamlakatlarda ham yegulik sifati yaxshilanishiga hissa qo’shadi, deydi Teylor:
“Biz xorijiy hukumatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydik. Ularga oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilishda yordamlashamiz. Natijada o’sha o’lkalar va AQShda tovar yaxshilanadi”.
Masalan, Amerika tomoni ziravorlar yetkazuvchi rivojlanayotgan mamlakatlar hukumatlari uchun treninglar tashkil etishi mumkin.
Yaqinda ziravor orqali kasallik tarqalganidan keyin sanoatda talablar keskinlashdi. Ammo ayrim kompaniyalar bundan tashvishda, deydi amerikalik mutaxassis Sheril Dim.
“Ular talablarga javob beramiz, deydi. Qonun-qoidalarga rioya qilmoqchi. Lekin buning natijasida narx oshishidan va buning zararini kim ko’tarishidan xavotirda,” - deydi u.
Bu masalalarni hal etsa bo’ladi. Oziq-ovqat nazorati bo’yicha idora ma’lumotiga ko’ra, talablar o’zgarishi oqibatida xorij kompaniyalari zimmasiga qo’shimcha 300-500 million dollar xarajat tushadi.
Talablarni joriy etish uchun hukumat ham sarfga tayyor turishi kerak – taxminan 500 million dollar. Mablag’ni kim ajratishi aniq emas. Prezident Obama kompaniyalar badal to’lasin, deya taklif etdi. Ammo sanoat bunga qarshi.
Kongressning import qilinayotgan oziq-ovqatga nisbatan yangi talablar qo’yishni so’raganiga 2,5 yildan oshdi. Bu vaqt ichida mango va papaya kabi mevalar, kunjut, anor urug’i va chetdan keltirilgan boshqa mahsulotdan kasallik chiqdi, deydi soha faoli Sandra Eskin:
“Bu holatlar yangi qoidalar naqadar muhimligini ko’rsatmoqda. Bunday talablar tezda ishlab chiqilishi va joriy etilishi kerak. Qancha ko’p vaqt yo’qotsak, shuncha ko’p odam kasal bo’lishi mumkin”.
Talablarning avval xalq muhokamasidan o’tishi va qayta ko’rib chiqilishiga kamida 1,5 yil ketadi. Ularning amal qila boshlashiga esa yana bir yil vaqt kerak.